1. Mintaqaviy iqtisоdiyot faning prеdmеti va оb’еkti


Верно/неверно: 2-rejaga oid savol


Download 172.7 Kb.
bet7/23
Sana04.04.2023
Hajmi172.7 Kb.
#1326376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23
Bog'liq
MAVZU TEST

Верно/неверно: 2-rejaga oid savol

Статистика класса

Вопрос:
O’zbekiston suv resurslarining 85%i qishloq xo’jaligida sarflanmaydi




Ответ:





noto'g'ri

100% Выбрали этот ответ.


to'g'ri

Никто не выбрал этот ответ.

Отзыв:
Это правильный ответ




Полученные баллы: 1







Список разделов: 3. Atmosfera havosini muhofaza qilish va uning resurslaridan foydalanish.

Статистика класса

Вопрос:

Atmosfera yer sharining katta qalinlikdagi havo qobig’idir. Atmosfira havosi yerdan 300 km gacha tarqalgan 1000 km balandlikda xam xavo zarralarini uchratish mumkin. Atmosfera havosining 80 % i yerdan 20 kmgacha balandlikda joylashgan bo’lib troposfera deb ataladi. Atmosferaning 20 km dan 55 km gacha stratosfera bo’lib unda 20 %gacha havo mavjuddir. Undan yuqori qismi ionosfera deyiladi .


Atmosferaning tarkibi: gazli kimyoviy tarkib, namliligi, muallaq suzib yurishi, harorati, suv bug’larining mavjudligi bilan xarakterlanadi. Atmosferaning tarkibidagi havoning 78,08 % azot 20,95 % kislorod 0.03 % is gazi - 0,03, argon – 0,93 va neon, geliy, kripton, vodorod, ozon, metan, uglerod oksidi, azot oksidi kabi ko’plab gazlar uchraydi, ularning miqdori 0,02 % dan ortmaydi. Atmosferaning umumiy massasi 10*15 tonna gaz.
Atmosfera biosferaning asosiy komponentlaridan biri hisoblanadi va ma’lum xususiyatlarga ega. Atmosfera yer shari bo’yicha tekis taqsimlangan. YOrug’likni, namlikni, issiqlikni, elektromagnit to’lqinlarini taqsimlaydigan va qayta taqsimlaydigan asosiy omil hisoblanadi. U kosmosdan keladigan zararli nurlar, meteroitlarni zararsizlantirib o’tkazadi. Atmosferaning bu xususiyatlari yerda hayotning barqarorligini ta’minlaydi. Sayyoramizning issiqlik balansi ham atmosferaga bog’liq. Atmosfera doimo biosfera, gidrosfera va litosfera bilan o’zaro aloqadadir. U tirik organizmlar uchun kerak bo’lgan kislorod, is gazi, azotning manbai hamdir. Ular biologik modda aylanishida faol ishtirok etadi. Atmosfera tufayli suv tabiatda aylanib yuradi. Bundan tashqari moddalarning geologik aylanishi, tog’ jinslarining emirilishi, harakati va boshqa jarayonlarda ham faol ishtirok etadi. 
Atmosfera bilan mintaqaviy tabiiy, ishlab chiqarish, ijtimoiy tizimlar o’rtasida qarama-qarshi yo’nalishdagi aloqalar mavjud. Atmosferaning holati bu tizimlarning holati va ishlashiga bog’liqdir ( litosfera yuzasi holati, sanoat-qishloq xo’jaligi va kommunal xo’jalik chiqindilari). Bunday ta’sir yerning issiqlik balansiga, jonli tabiatga, namlik aylanishi, biologik modda aylanishi kabi boshqa jarayonlarga katta ta’sir ko’rsatadi. CHiqindilar hajmi va ularning zarari qancha ko’p bo’lsa, havo harakati qanchalik sekin bo’lsa, yog’in miqdori qancha kam bo’lsa, atmosferada zararli moddalar shunchalik ko’p to’planadi. SHunga mos ravishda tabiiy, ishlab chiqarish va ijtimoiy tizimlarga ta’siri ham ko’p bo’ladi. Chiqindili atmosferaning turib qolishi “smog” hodisasining sodir bo’lishiga olib keladi.
Atmosfera havosining ifloslanishini baholash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi: hamma ifloslantiruvchi manbalardan atmosferaga chiqariladigan moddalar hajmi, chiqarilayotgan moddalarning ushlab qolinganlarining salmog’i, ushlab qolingan moddalarning zararsizlantirish salmog’i, atmosferadagi zararli moddalarning ruxsat etilgan me’yoriga nisbati, zararli moddalarning tarkibi. Bu ko’rsatkichlarning hammasini umumiy hisoblash, ingredientlar bo’yicha hisoblashni shaharlar, qishloqlar, ma’muriy tumanlar bo’yicha amalga oshirish lozim.
O’zbekistonda atmosfera havosini holati va muhofaza qilishning istiqbolli yo’nalishlari. Sanoat sohasida asosiy e’tibor eng yirik ifloslantiruvchi korxonalar tomonidan atmosferaga chiqindilar chiqarib tashlashni qisqartirishga qaratilgan bo’lishi lozim. Masalan, bunday korxonalar qatoriga Olmaliq kon metallurgiya kombinati, Angren va Navoiy shaharlarining issiqlik elektr stantsiyalari, Ohangarondagi tsement zavodi, Navoiy va Quvasoydagi qurilish materiallari zavodlari va ayrim boshqa korxonalar kiradi. Bu manbalarning har biri yiliga 10 ming tonnadan ortiq chang va 30 ming tonnadan ortiq oltingugurt, azot va boshqa zararli moddalar birikmalarini chiqarib tashlamoqda.O’zbekistonda atmosferaga chiqarib tashlanayotgan ifloslantiruvchi moddalarning 13%i Olmaliq kon metallurgiya kombinati hissasiga to’g’ri keladi. Ifloslantiruvchi moddalarni chiqarib tashlaydigan, chang va gazdan tozalash uskunasi bilan jihozlashni talab qiladigan doimiy manbalarning eng ko’pi quyi CHirchiqda to’plangan (339), undan keyin Olmaliq (96), Angren (59), Bekobod (39) shaharlari turadi. 10 dan ortiq shaharlarda atmosfera havosini muhofaza qilish tadbirlari amalga oshirilmoqda.




Ответ:




 Переход к 3-rejaga oid test














Download 172.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling