4. Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun:
|
a) ko‘chmas mol-mulkni boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun
|
agar ko‘chmas mol-mulk Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida joylashgan bo‘lsa
|
— BHMning 1 baravari
|
agar ko‘chmas mol-mulk boshqa aholi punktlarida joylashgan bo‘lsa
|
— BHMning 50 foizi
| |
Izoh. Mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga ko‘chmas mol-mulkni o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
| |
b) Toshkent shahri va Toshkent viloyatida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulkning oldi-sotdi shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga boshqa davlatlardan kelgan hamda O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasiga ega bo‘lgan chet ellik fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan — BHMning 3300 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorida yangi qurilgan ko‘chmas mol-mulk sotib olinganda
|
shartnoma summasining 10 foizi
| |
v) “b” kichik bandga muvofiq davlat boji to‘lab sotib olingan ko‘chmas mol-mulk xarid qilingan kundan e’tiboran uch yil ichida boshqa shaxsga o‘tkazish bilan bog‘liq shartnomalarni tasdiqlaganlik uchun
|
BHMning 400 baravari
| |
g) mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini tasdiqlaganlik yoki unga o‘zgartishlar kiritganlik uchun
|
mulkdorning xotiniga (eriga), uning va xotinining (erining) ota-onasiga, bolalariga va ularning eriga yoki xotiniga, nabiralariga, buvilariga, buvalariga, aka-ukalari va opa-singillariga
|
— BHMning 10 foizi
|
jismoniy shaxslar uchun
|
— BHMning 25 foizi
|
yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa
|
— BHMning 50 foizi
| |
Izoh. Mol-mulkni ijaraga berish shartnomasini bekor qilganlik uchun davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
| |
d) mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun, bundan “p” kichik bandda belgilangan hollar mustasno
|
BHMning 50 foizi
| |
e) garov, ipoteka va lizing shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun
|
jismoniy shaxslar uchun:
|
— BHMning 1 baravari
|
yuridik shaxslar uchun yoki agar taraflardan biri yuridik shaxs bo‘lsa
|
— BHMning 2 baravari
| |
Izoh. Garov, ipoteka va lizing shartnomalariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi bitimlar rasmiylashtirilayotganda davlat boji belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida undiriladi.
| |
j) banklar va qarz oluvchilarning kredit bo‘yicha qarzdorlikni qarzdorning likvidli mol-mulki hisobidan qaytarish to‘g‘risidagi yozma bitimlarini (shartnomalarini) tasdiqlaganlik uchun
|
BHMning 50 foizi
| |
z) qarz shartnomalarini tasdiqlaganlik uchun
|
— BHMning 25 foizi
| |
|
Do'stlaringiz bilan baham: |