1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi davlat bojini belgilash, undirish, uni qaytarish va uni to‘lashdan ozod qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat


Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi xizmatlar uchun


Download 1.3 Mb.
bet7/42
Sana17.06.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1531964
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42
Bog'liq
O‘RQ-600 06.01.2020

6. Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasidagi xizmatlar uchun

a) yangi tug‘ilgan bolaga, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosiga, O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarosiga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga identifikatsiyalovchi ID-kartasini berganlik uchun

BHMning 89 foizi

b) O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish uchun biometrik pasportini berganlik uchun

BHMning 1 baravari

v) O‘zbekiston Respublikasining o‘n olti yoshga to‘lmagan fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berganlik uchun

BHMning 80 foizi

g) O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga, shu jumladan o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxsga xorijga chiqish uchun harakatlanish hujjatini berganlik uchun

BHMning 1 baravari

d) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga, chet el fuqarolariga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilish to‘g‘risidagi hujjatlarni, shu jumladan yo‘qotib qo‘yilganlarining o‘rniga yangilarini berganlik uchun

BHMning 5 foizi

e) O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish, uni tiklash va undan chiqish to‘g‘risidagi iltimosnomalarni yoki O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi deb tan olish haqidagi arizalarni ko‘rib chiqqanlik uchun

BHMning 2 baravari

Izoh.Agar shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasining qarori qabul qilinmasdan qaytarilgan bo‘lsa, mazkur shaxsning O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi deb tan olish haqidagi arizasi O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilish to‘g‘risidagi iltimosnomani ko‘rib chiqish uchun ilgari to‘langan davlat boji asosida ko‘rib chiqiladi.

j) O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun

BHMning 2 foizi

z) O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashovchi chet el fuqarolarini va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazganlik uchun

BHMning 2 foizi

i) O‘zbekiston Respublikasining fuqaroligiga mansub emaslik to‘g‘risidagi ma’lumotnomani rasmiylashtirganlik uchun

BHMning 20 foizi


Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   42




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling