1. Fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga beriladigan:
|
a) mulkiy xususiyatga ega da’vo arizalaridan
|
da’vo bahosining 4 foizi miqdorida, biroq BHMning 1 baravaridan kam bo‘lmagan miqdorda
| |
b) davlat boshqaruvi organlarining, ma’muriy-huquqiy faoliyatni amalga oshirishga vakolatli bo‘lgan boshqa organlarning, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlarining va ular mansabdor shaxslarining qarorlari, harakatlari (harakatsizligi) ustidan berilgan arizalardan (shikoyatlardan) (sud qarori chiqarilayotganda aybdor tarafdan undiriladi)
|
BHMning 1 baravari
| |
Izoh. Kichik tadbirkorlik subyektlari amalga oshiradigan tadbirkorlik faoliyati doirasida sudlarga murojaat qilganda ushbu bandning “e” va “i” kichik bandlarida ko‘rsatilgan, belgilangan stavkaning 50 foizi miqdorida davlat boji to‘laydi.
| |
v) nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan
|
BHMning 2 baravari
| |
g) takroriy nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan
|
BHMning 4 baravari
| |
Izoh. Nikoh bekor qilinayotganda mol-mulk bo‘lingan taqdirda, boj “a” kichik bandiga muvofiq da’voning bahosiga muvofiq belgilanadi.
| |
d) bedarak yo‘qolgan va ruhiy kasalligi yoxud aqli zaifligi oqibatida belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilgan yoki kamida uch yilga ozodlikdan mahrum etilgan shaxslar bilan nikohni bekor qilish haqidagi da’vo arizalaridan
|
BHMning 2 foizi
| |
e) turar joylar ijarasiga doir shartnomani o‘zgartirish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi da’vo arizalaridan, mol-mulkni xatlovdan chiqarish to‘g‘risidagi va mulkiy xususiyatga ega bo‘lmagan (yoki baholanmaydigan) boshqa da’vo arizalaridan
|
BHMning 2 baravari
| |
j) alohida ko‘riladigan ishlarga doir arizalardan
|
BHMning 1 baravari
| |
Izoh. Otalikni tan olish (belgilash), bolaning u yoki bu onadan tug‘ilganligi, shuningdek tug‘ilgan vaqti faktlarini aniqlash to‘g‘risidagi arizalarni ko‘rganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
| |
z) apellatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida berilgan shikoyatlardan
|
da’vo arizasi yoki boshqa arizalar, shikoyatlar berilganda to‘lanadigan stavkaning 50 foizi
| |
Izoh. Mulkiy nizolar bo‘yicha stavkalar miqdori “a” kichik bandga muvofiq hisoblab chiqariladi
| |
i) qarorlar, hukmlar, ajrimlar, boshqa sud hujjatlarining dublikatlari va ko‘chirma nusxalarini, shuningdek taraflarning va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosiga ko‘ra sudlar tomonidan ishlardan boshqa hujjatlarning ko‘chirma nusxalarini berganlik uchun
|
hujjatning har bir beti uchun BHMning 2 foizi
| |
k) hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlari yuzasidan nizolashish to‘g‘risidagi arizalardan, shuningdek hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasi berish to‘g‘risidagi arizalardan
|
BHMning 2 baravari
| |
l) chet el sudlari va chet el hakamlik sudlari (arbitrajlar) qarorlarini tan olish va ijro etish to‘g‘risidagi ariz?lardan
|
BHMning 2 baravari
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |