1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati


Download 473.81 Kb.
bet18/46
Sana23.09.2023
Hajmi473.81 Kb.
#1686555
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46
Bog'liq
1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navo-fayllar.org

Laylatul me’rojning sharhi sochi tobindadur,
Qoba qavsayn ittiliodi qoshi mehrobindadur.
Matla’dayoq ma’lum bo'ladiki, Lutfiy g'azalining lirik qahramoni go'zallikda tengsiz yor. Uning tundek qora sochi zamiriga me’roj kechasining sharhi yaShiringan, mehrobdek qoshi esa qoba qavsayn - ikki yoy oralig'idagi masofani yodga soladi. Bu o'rinda mavlono Lutfiy yor tasviri asnosida Payg'ambarimiz Mu­hammad (s.a.v.)ning me’roj tunida Xoliq huzuriga ko'tarilishi va Yaratgan bilan rasul orasidagi masofa ikki qosh oralig'idek yaqin bo'lganligi hodisasiga ham ishora qiladi. G'azalning keyin­gi baytlari ham yor go'zalligi ta’rifi bilan davom etib, uning Shirin va jonbaxsh labidan Salsabil (jannat bulog'i) sargardon, Xizr va Iso Masihlar xijolatda ekanligi ta’kidlanadi. Shu tariqa g'azal baytlari yor ta’rif-u tavsifi tarzida davom etadi.
Lutfiy g'azalidagi ushbu go'zal tasvir Alisher Navoiyni maftun etadi va u o'zining ilk taxmisini mazkur g'azalga bog'laydi. Navoiy taxmisning birinchi bandida Lutfiy g'azali matla’sida keltirilgan komil go'zallik ta’rifiga hamohang tarzda iqtibos san’atidan foydalanib, har bir misrada Qur’on oyatlaridan jumla keltiradi:
Sharbati “yuhyil izom" erni mayi nobindadur,
Surai «Vash-shams» tafsiri yuzi bobindadur,
Sharhi “mozog’ulbasar" nargislari xobindadur...
Navoiy talqinida yorning labi o'liklarni tiriltiruvchi toza sharbat, Qur’oni karimdagi “Vash-shams’’ surasining izohi uning yuzida aks etadi, “ko'z aldanmadi” oyatining sharhi uning ko'zlarida namoyon. Bu ta’rif Lutfiy qalamidan to'kilgan sochi va qoshi ta’riflari bilan birlashib, mukammal go'zallik tasvirining yorqin namunasi vujudga kelganligini ko'ramiz.
Odatda, g'azalga taxmis bog'lanayotganda uning bandlari soni g'azal baytlariga mos holga keltiriladi. Lekin ba’zan shoirning xohishiga ko'ra, g'azaldagi ayrim baytlarga taxmis bitilmasligi, ya’ni ular qisqartirilishi mumkin. Aynan Shu holat yuqoridagi taxmisda ham kuzatiladi. Taxmisga asos bo'lgan Lutfiy g'azali aslida hajman 7 baytdan iborat. Ammo taxmis bog'langanda uning ikki bayti qisqartirilib, 5 band holiga keltirilgan. Xususan, quyidagi ikki bayt Navoiy taxmisida uchramaydi:
Xomai qudrat-la bitganda ne mus’hafdur yuzi.
Kim malohat oyati majmu' aning bobindadur...
Ko'zlari har go'sha uyqudin qo’porur fitnalar,
Turfa maxmureki chandon fitnalar xobindadur.
Buning bir necha sabablari bor. Yuqoridagi ikki baytga e’tibor qaratsak, ularda yuz va ko‘z tasvirini ko'ramiz. Birinchi baytda yor yuzi qudrat qalami ila bitilgan Mus`haf, ya`ni Qur`onga nisbat berilsa, ikkinchi baytda uning ko'zlari uyquda ham fitna qo'zg'otuvchi maxmur (mast)ga o'xshatilmoqda. Alisher Nnvoiy o'z taxmisining birinchi bandidayoq yuz va ko'z tasvirining muikammal tarzdagi bayonini berib) bo'lganligi uchun uni yana takrorlashga ehtiyoj qolmayapti va o'z-o'zidan endi bu ikki bayt inaznmn jihatidan taxmis uchun orti(|eha ekanligi seziladi. Yana bir aabab qofiya talabi bilan bog'liq. Tushirib qoldirilgnn baytlurdagi qofiynlnrgn e’tibor qaratsak, ular "bobindadur" vn ''xobindadur” tarzida ekanligini ko'ramiz. Alisher Navoiy tnx- misning mntla’ bandidnyoq ushbu (|ofiyalardan foydalnnganligi uchun ularni tnkror holda qo'llashni istamngan va Shu tarzda tnxmis 5 band holatign kelgan.
Shoirning keyingi ikki tnxinisi ham aynan Lutfiy g'nznllnrign bog'langan. Ular dastlab “Oqquyunli muxlislnr dovoni”ga kiri- tilgan bo'lib, mazkur devonning 1471-yilda tuzilgnnligini csgn olsak, 30 yoshli shoirning dnstlnbki taxmislnri fnqatgina ustozi Lutfiy g'nznllnri nsosida yuratilayotgnnligi ma’lum bo'ladi.
Yosh Navoiyning dnstlnbki muxammaslnrini “Malik ul-kalom” g'aznllnriga bog'lnyotganligi bejiz bo'lmny, bu holatni Lutfiyning Navoiygaclm bo'lgan turkiy ndabiyotda tutgnn yuk- snk maqomi, uning badiiy jihatdan mukammal she’riyati bilan izohlnsh mumkin. Alisher Navoiy “Midiokamnt ul-lug‘atayn”da turkiy she’riyatda o'zidnn awal yetishib chiqqan bir necha shoirlarni tilgn olib, Shunday yozndi: “Sakkokiy va Haydar Xorazmiy va Atoiy va Muqimiy va Yaqiniy va Amiriy va Gadoiy... Va forsiy mazkur bo'lg'on Shuaro muqobalasida kislii paydo bo'lmadi, bir mavlono Lutfiydin o'zgakitn, bir necha matla’lari borkim. tab' ahli qoshida o'qusa bo'lur..."
Alisher Nnvoiy bu o'rinda turkigo'y shoirlar orasida forsiy adabiyotdagi Xoqoniy, Avhaduddin Anvariy, Kamol Ismoil, Zahir Foryobiy, Salmon Sovajiydek qasidanavislar; Abulqosim Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviydek masnaviy ustalari; Sa’diy SHeroziy va Hofiz Sheroziy kabi g'azalnavis shoirlar yetishib chiqmaganligiga e’tiborini qaratib, turkiy shoirlardan faqat Lutfiygina ular bilan she’riy musobaqaga kirishish salohiyatiga ega bo'lganligini ta’kidlayapti. Alisher Navoiyning o'ttiz yoshgacha bo'lgan davrda yaratgan taxmislari aynan Lutfiy g'azallariga bitilganligi bu fikrni asoslaydi.
Kulliyotdagi keyingi taxmislar shoirning aynan o'z g'azallariga bog'langan. diqqatimizni “Judo” radlfli muxammasga qaratsak. Taxmis quyidagi band bilan boshlanadi:

Download 473.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling