1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati
Download 473.81 Kb.
|
1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navo-fayllar.org
I
Ketur soqiy, ul mayki, subhi alast Aning nash’asidin ko'ngul erdi mast. Mayekim qilur, quysalar jom aro O'zi mast-u kayfiyyati mayparast. Eshit sarguzashteki, bir kun manga Necha mayparast o'ldilar hamnishast. May olmoqqa piri mug'on jazbasi Meni chekti andoqki, mohiyni shast. Qilib xirqa may rahni-yu zarfining Etib og’zini mum ila sangbast. Kelur erdim egnimda mayliq sabu, Bo'lub to'qquz aflok ollimda past. Ki, ogoh o'lub to'sh-to'Shumdin qabab Manga toptilar ihtisob ahli dast. SHikastim mening oncha ermas edi Ki, may zarfi topti orada shikast. Chu sindi sabu, chorae topmadim, Meni muflisi urf[u], giryoni mast. Xarobot aro kirdim oShuftahol, May istarga ilgimda sing'an safol. II Ketur, soqiyo, mujdaye jomdin Ki, pajmurda bo'lmishmen anjomdin. Bu gulshan guliga chu yo'qtur vafo, Ne parhez etay jomi gulfomdin? Chu yo'q shomi hijron xumorig'a subh, Ichib anglamay subhni shomdin. Xalos aylay o'zni may-u nuqlning Suyu donasi birla bu domdin. Bo'lay dayr pirig'a andoq murid Ki, yod etmayin shayxul-islomdin. Kiray dayr aro uyla majnunu mast Ki, ketsun xirad xos ila omdin. Solay bir alolo xarobot aro Ki, chiqsun fig'on ahli ayyomdin. Xarobotiy o'lmog'lig'im, zohido, Suol etma men zori badnomdin. Garav qilg'ali mayg'a chun qolmadi Ne tasbih-u ne xirqa, nokomdin. Xarobot aro kirdim oShuftahol, May istarga ilgimda sing'an safol. Ko'rinadiki, bandlar oxiridagi bayt (vosila bayt) o‘zaro mustaqil qofiyalangan misralardan tashkil topgan. Bu misralar qolgan bandlar so'ngida ham takrorlanadi. Tarji’band tasavvufiy-falsafiy mavzuda. Unda o'zligini va Shu orqali Allohni izlayotgan, dunyo tartibotini, undagi sir-u sinoatlarni anglashga intilayotgan solikning ruhiyati aks ettirilgan. Tarji’bandning lirik qahramoni o'zi istayotgan haqiqat yo'lida tug'ilgan savollariga hech kimning javobidan qanoat hosil qilmaydi. Shu bois: Nazar ayla bu korgah va’zig'a, Ki ortar tamoshosida hayratim, - deb yozar ekan, o'ziga suhbatdosh bo'lgan shayx ham, donishmand hakim ham uning savollariga javob berolmaganidan: Mening boshima bas qotiq tushti ish, Chu yoqo'ldi bu dard ila toqatim, - deya afsus-nadomat qiladi. Tarji’band shoirning yigitlik davrida yaratilgan, bu vaqtda u nafaqat ijodiy izlanish, balki o'z-o'zini anglash yo`lida tinimsiz faoliyatda ham edi. May va unga aloqador ramziy timsol va tuShunchalar orqali so'fiyona ohangda ifodalangan fikrlar shoirning dunyo va uning mohiyati, irfon haqidagi o`ylarining tajassumi edi. Tarji’bandning takrorlanuvchi baytidagi “sing'an safol” lirik qahramon - Navoiyning siniq ko'ngli bo'lsa, may - u istayotgan haqiqat edi. Tarji’band mutaqorib bahrining mutaqoribi musammani mahzuf (afoyili va taqti’i: fauvlun fauvlun fauvlun faal, V- - / V - -/ V - -/ V - ) vaznida yozilgan. “Xazoyin ul-maoniy” kulliyotidan joy olgan ikkinchi tarji’band “Jahon qasrig'adur su uzra bunyod” misrasi bilan boshlanib, hajman 8 band (bandlar 11-12 baytli), 103 baytni o'z ichiga oladi. Tarji’band “Navodir ush-shabob”dan o'rin olgan. Ushbu tarji’band ham tasvvufiy-falsafiy mavzuda bo'lib, unda buyuk mutafakkirning jahon - borliq haqidagi fikrlari, dunyoning bevafoligi, umrning o'tkinchiligi bilan bog'liq qarashlari aks etgan. SHoirning fikricha, jahondagi bor narsaning hammasi suv ustiga qurilgan, demak omonat. Faqatgina Haq boqiy. Inson o'z umrining ham qisqa va omonat ekanligini anglashi va o'zini to'laligicha irfonga, ya’ni Yaratganni tanishga, ezgu ishlar qilishga sarflamog'i lozim. Tarji’banddagi barcha bandlar “jahon" so'zi bilan boshlanadi va Shu orqali shoir kitobxon diqqatini o'zi aytmoqchi bo'lgan asosiy fikrga qayta-qayta jalb qiladi. Tarji’banddagi vosila baytda ham ushbu so'z takrorlanadi: Baqosizdur jahon ra’nosi valloh, Jahon ra'nosi yo'qkim mosivalloh. Tarji’band hazaj bahrining hazaji musaddasi maqsur (afoyili va taqti’i: mafouilun mafoiylun mafoiyl, V - - -/ V - - - /V - -) vaznida yozilgan. “Badoyi’ ul-vasat” devoniga kiritilgan tarji’band ishqiy mavzuda bo'lib, “Ey kirpiki neShu ko'zi xunxor” misrasi bilan boshlanadi. Hajman 7 band (har bir band 8 bayt), 56 baytdan iborat. Tarji’bandda bir paytlar yori bilan hamnafas, ulfat bo'lgan, endilikda g'addor taqdirning zulmi bilan sevgilisidan avrilgan oshiqning ruhiy kechinmalari bayon qilinadi. Tarji’band nido san’ati (Ey kirpiki nesh-u ko'zi xunxor) bilan boshlanib, yana Shu san’at (Ey kishvari husn uzra hokim) bilan intiho topadi. SHe’rning dastlabki bandlarida jafokor yordan shikoyat, uning beparvoligi, o'z oshig'ini yodga olmasligidan yozg'irish kayfivatlari hukmronlik qilsa, keyingi bandlarda vasl va firoqni barobar deb bilgan, taqdir izmiga ko'nikkan, yor etkazavotgan ozorlarni rohat deb qabul qilishga tayyor oshiqning ruhiy kechinmalari bayon qilinadi. So'ngi band esa butunlay o'zga ruhda bo'lib, unda yor vaslidan umidvorlik tuyg'ulari yetakchilik qiladi. Bu bandda endi oshiq yorni husn mamlakatining hokimi deb atab, uni ta’rif va tavsif qiladi, o'z iltijolarining yorga ta’sir qilishiga ishonadi. Tangri uni yor maqdamiga yetkazishiga umid bildiradi. SHe’r so'ngidn Navoiy so'z o'yini vositasida har band oxirida takrorlanib kelayotgan quyidagi bayt (vosila hayt)ni endi takrorlashga hojat yo'qligini aytadi: Yodingni qilay harifi majlis, Fihrinyni elay ko'ngulga munis... NavoiyShunoslikda ushbu tarji’band “Sevginoma” deb atalgan (A.Qayumov). Tarji’bandda hazaj bahrining hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf (afoyili va taqti’i: maf’uvlu mafoilun fauvlun, - - V/ V - V -/ V - -) vazni qo'llanilgan. "Xazoyin ul-maoniy”dagi so'nggi tarji’band “To xarobot aro men durdoshom” misrasi bilan boshlanadi. Hajman 10 band (har bandda 11 bayt), 110 baytdan iborat bo'lib, “Favoyid ul- kibar” devoniga kiritilgan. Ushbu tarji’band tasavvufiy-falsafiy mazmunda bo'lib, kulliyotga kiritilgan tarji’bandlarning xotimasiday yangraydl, Tarji'bnadda "dayr torni uza bir buti sarv"ni ko'rgach, "SHayx San'on kibi din tarki qilib, zuhd-u taqvodin istig'for" qilgan, tasavvufiy til bilan aytganda, hol darajasiga yetishgan oshiqning ruhiy kechinmalari bayon qilingan. Tarji’bandagl “but” - ya’ni ma’Shuq oshiqning asosiy matlabi timsolidir, dayr esa - butxona, otashparastlar Ibodatgohi bo'lib, orif kishilar majlisini anglatadi. Ko'ngil dayrini hut xayoli bilan bezash - pir suhbatini) qo'msash demak. Din tarki qilib, zuhd-u taqvodan voz kechish ham ramziy mohiyatga ega bo'lib, Ilohga yetish uchun barcha dunyoviylikdan, jumladan, dunyoviy llmlardan xoli bo'lish, aqldan va aqliy narsalardan qutilish, o'zligini unutishga ishoradir, SHe'rning lirik qahramoni o'z tabiati va ishqdagi martabasiga ko'ra “Lison ut-tayr” dostonidag) SHayx San'on timsolini yodga soladi. Tarji’banddagi vosila bayt quyidagicha: Download 473.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling