1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati
Download 473.81 Kb.
|
1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navo-fayllar.org
Ey husnunga zarroti jahon ichra tajalli,
mazhar sanga ashyo, Sen lutf bila kavn-u makon ichida mavli, olam sanga mavlo. “Navodir ush-shabob”dan o'rin olgan mustazodda esa oshiq rindning his-hayajonga to'la, ko'tarinki kayfiyati ifodalangan. Unda ta’rifi keltirilgan “mug'bacha” oshiqni komil pir bilan bog'laydigan, Allohdan mujda keltiradigan farishta timsolidir: Din ofati bir mug'bachai mohliqodur, mayxora-vu bebok, Kim ishqidin oning vatanim dayri fanodur sarmast-u yaqom chok. Ham turrasining dudu vara’ beliga zunnor, men kofiri ishqi, Ham yuzi majus o'ti kibi Shu’lafizodur, men o'rtanibon pok... “Dayr” – komil inson huzuri, ma’naviyat olami. “Sog'ar” esa komil inson qalbi, ishq manbai. Oshiq rind muhabbat mayidan mast, ishqda o'zidan bexabar, uning xumorini yozish uchun falakdek kattalikdagi sog'ar kerak... Alisher Navoiyning zamondoshi, tarixchi Zayniddin Vosifiyning “Badoyi’ ul-vaqoye’” asarida keltirilishicha, bu mustazodga o'z davrining mashhur bastakori Xoja Abdullo Marvarid kuy bastalagan. Qo'shiq Shunchalik Shuhrat qozonganki, Hirotda bu qo'shiqni tinglamaydigan xonadon bo'lmagan. Hatto bir bazmda mustazodning “sarmast-u yaqom chok” satri kuylanayotganda, majlis ahli o'z yoqalarini yirtganlar va bu holni bir tasodif tufayli tuynukdan qarayotgan hazrat Navoiyning o'zi ham ko'rgan. Alisher Navoiy keyinchalik “Hayrat ul-abror”da bu hodisani Shunday tasvirlaydi: Bazmda ul lahza aloloni ko'r, Ko'yi xarobot aro g`avg`oni ko'r. Ko'rki, nechukdur yaqo chok aylamak, O` zni fig`on birla halok aylamak. “Badoyi’ ul-vasat”dan o'rin olgan mustazod ishqiy yo'nalishda bo'lib, unda ma’Shuqaning husni betakror tashbihlar vositasida tavsiflanadi, uning vasliga yetishish mashaqqati bayon etiladi. Dastlabki baytda “g'amza joduli” yorning zulfi, qoshi vasf etilgan va uning pardozchisi “zoli falak” - taqdirning o'zi ekani, quyosh esa ul oy yuzli uchun ko'zgu ekanligi aytilib, keyingi baytlarda bu go'zallik ta’rifi chuqurlashtirib boriladi va maqta’da Navoiy yor uni bir qarash bilan qatl et- moqchi bo'lgani, lekin nazar solmagani va Shu holatning o'zi oshiq uchun qatl bilan barobar ekanligini aytadi. Mustazodda majozan tariqat yo'liga kirgan solikning his-hayajonlari va tuyg'ulari bayon qilingan deb ham aytish mumkin. Mustazod quyidagi bayt bilan boshlanadi: Ne vo'sma-vu ne kesmadur ul zulfi sumansoy, ne g'amzai jodu, Mashshota sanga zoli falakdur magar, ey oy, xurshid anga ko'zgu. So'nggi devondan o'rin olgan mustazod irfoniy yo'nalishda bo'lib, kulliyotga yakun yasaydi. Unda keltirilgan xulosaga ko'ra, ishq yo'liga kirgan oshiq uchun eng maqbul joy Iloh muhabbati, irfoniy suhbatlardan dil orom topadigan komil inson huzuri. Faqat Shu joy unga taskin beradi, o'z panohiga oladi, Shu sababli mustazodning lirik qahramoni “dayri fano” (pir maskanijni ko'zlab, yo'lga tushadi: Bordim bu sahar dayri fano sori urub gom, maxmuri shabona, Tartar edi har lahza sabuh ahli ichib jom, noqusi mug’ona. Kulliyotdagi uchinchi janr muxammas bo'lib, “Xazoyin ul-maoniy”da muxammaslarning soni 10 ta. Muxammas arabcha “beshlik” ma’nosini bildirib, har bandi 5 misradan iborat she’r hisoblanadi va a a-a-a-a, b-b-b-b-a, d-d-d-d-a tarzida qofiyalanadi. Muxammas musammat (bandli she’rining bir turi bo'lib, yaratilish xususiyatiga ko'ra ikki xil bo'ladi: 1) tab’i xud (mustaqil); 2) taxmis (g'azalni beshlantirish asosida yaratilgan). Tab’i xud muxammasda ijodkor o'zi mustaqil ravishda beshlik yaratadi. Taxmisda esa muallif o'zga shoir yoki ba’zida (juda kam hollarda) o'z g'azalini asos - zamin qilib olib, Shu mavzuni davom ettirgani holda. vazn, qofiya vn radifni saqlab qolib beshlik yaratadi. Bunda asos qilib olingan g'azaldagi har baytning yuqori qismiga uch misra qo'shiladi. Masalan, Navoiyning Lutfiy g'azaliga bog'lagan taxmisining birinchi bandini ko'rib o'tsak (bunda yuqoridagi dastlabki uch misra Navoiy qalamign, qoraytirilgan misralar esa Lutfiy qalamiga mansub): SHarbati “yuhyil izom" erni mayi nobindadur, Surai “Vash-shams” tafsiri yuzi bobindadur, SHarhi "mozog'ulbasar" nargislari xobindadur, Laylatul me’rojning sharhi sochi tobindadur, Qoba qavsayn ittihodi qoshi mehrobindadur. (“Badoyi’ ul-vasat”, 1-muxammas) Qizig'i Shundaki, Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy”ga kiritilgan 10 muxammasidan barchasi taxmis, ya’ni g'azalni beshlantirish asosida vujudga kelgan muxammas hisoblanadi. Bularning 3 tasi “Malik ul-kalom” Lutfiyga, qolgan 7 tasi esa shoirning o'z g'azallari asosida yaratilganligi bilan xarakterla- nadi. Mumtoz adabiyotimiz tarixida ijodkorning o'z g'azaliga taxmis bitish hodisasi kam uchraydi. O'zga shoir g'azaliga taxmis bog'lash, bu - go'yo Shu shoir bilan ijodiy hamkorlik va muayyan ma’noda adabiy musobaqaga kirishishdir. Shuning uchun ham ijodkorlar odatda o'z taxmislarini ma’lum poetik mahoratga ega bo'lganlaridan keyin yarata boshlaganlar. Bunda g'azal muallifi bilan unga taxmis bog'layotgan muallif o'rtasida mushtarak dunyoqarash, estetik ideal hamohangligi va g'oyaviy yaqinlik bo'lishi zarur. Taxmis muallifi g'azalda keltirilgan fikrlarni mantiqan rivojlantirib, uni o'z ijodiy g'oyalari bilan Shunday to'ldirishi va boyitishi kerakki, natijada vujudga kelgan she’r unga asos bo'lgan g'azal bilan uyg'unlashib, bir muallif tomonidan yaratilgandek tasavvur uyg'otsin. Lutfiyning g'azali quyidagi bayt bilan boshlanadi: Download 473.81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling