1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navoiy ijodining o‘rganilishi. Alisher Navoiyning hayoti va ijodiy faoliyati


Download 473.81 Kb.
bet19/46
Sana23.09.2023
Hajmi473.81 Kb.
#1686555
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46
Bog'liq
1-modul. Alisher navoiy hayoti va ijodi 1-mavzular. Alisher Navo-fayllar.org

Ohkim. volihmen ul sarvi xiromondin judo,
Ka'zlarim giryondur ul gulbargi xandondin judo,
Benavodur jon dog'i ul huri rizvondin judo,
Benavo soz aylagay bulbul gulistondin judo,
Aylamas to'ti takallum shakkaristondin judo.
Agar “Badoyi’ ul-bidoya” tarkibi o'rgnnib chiqilsa, mazkur taxmisga asos bo'lgan g'azal aynan Shu devonning o'zida - 52-o‘rinda kelayotganligini ko'rish mumkin. Demak, shoir mana Shu o'rindan boshlab, o'z qalamiga mansub g'azallarga taxmis bog'lashga kirishyapti. Yana ham e’tiborni tortadigan jihati, taxmisga asos bo'lgan g'azal muxlislar tomonidan tartib berilgan “Ilk devon”da (l9b-sahifa) ham uchraydi. Demak, ko'rinyaptiki, bu g'azal shoirning 25 yoshgacha bo'lgan davrida yaratilgan va keyinroq “Badoyi’ ul-bidoya” tarkibiga ham kiritilgan. Ma’lum bo'lyaptiki, shoir o'zining yigitlik davrida bitgan g'azaliga alohida e’tibor bilan qarayapti. Uni dastlabki rasmiy devoniga ham kiritib, yana taxmis bog'lash uchun ham tanlab olyapti. Bundan ko'rish mumkinki, Alisher Navoiy o'zining yoshlik lirikasiga mansub g'azali mavzusiga oradan vaqt o'tgach yana qaytishga ehtiyoj sezgan va Shu tariqa bu g'azalini muxammas holiga keltirgan. Mazkur taxmis tarkibini kuzatadigan bo'lsak, undagi ba’zi o'rinlar g'azal matnidan bir oz farqlanishini kuzatamiz. Xususan, mazmun talabiga ko'ra g'azaldagi to'rtinchi va beshinchi baytlarning o'rni almashgan. Shuningdek, beshin- chi baytdagi "gardun" so'zi qofiya imkoniyatiga qarab taxmis tarkibida "davron" so'zi bilan almashtirilgan. Natijada shoir “gardun" so'zining o'rniga “jonon", “jon”, "hijron” so'zlari bi­lan qofiyadosh bo'lish imkoniga ega bo'lgan "davron" so'zidan foydalangan. G'azal baytini taxmis misralari bilan qiyoslasak: G'azal bayti:
Hajr o'lumdin talx emish, mundin so'ng, ey gardun, meni
Aylagil jondin judo, qilg'uncha jonondin judo.
Endi bu bayt taxmis tarkibida qanday holatda qo’llanilganligini ko’ramiz:
Qilg'ali mahrum jomi vasldin jonon meni.
Talxkom etmish tiriklik bodasidin jon mcni,
Ha zamone o'lturur g'am zahridin hijron meni
Hajr o'lumdin talx emish, mundin so'ng, ey davron, meni
Aylagil jondin judo, qilg'uncha jonondin judo.
“Badovi’ ul-bidoya”dagi "Oqibat” radifli taxmisga asos bo’lgan g’azal ham aynan Shu devon tarkibidn 82-o‘rinda uchraydi. Qolgan taxmislarni ham o’rganish natijalari Shuni ko’rsatadiki. 7 taxmisdan oltitasiga asos bo’lgan g'azallar shoirning yoshlik va yigitlik davrlarida yaratilgan bo’lib, ular “Xazoyin ul-maoniy”ning muayyan devonidan o’rin olish bilan birga undan ilgarigi devonlar tarkibidn ham uchraydi. Xususan, ularning bittasi “Ilk devon”ga, ikkitasi “Badoyi’ ul-bidoya”, uchtasi “Navodir un-nihoya”ga kiritilganligini kuzatamiz.
SHoir taxmislari va ular uchun asos bo'lgan g’azallarni qu­yidagi jadvalda ko’rish mumkin:

Lutfiyga taxmisning 1-misrasi va u kiritilgan devon


O'z g'azallariga taxmis


Muxammasning 1-misrasi va u kiritilgan devon


Muxammasga asos bo'lgan g'azalning 1-misrasi va u kiritilgan devon


Halqayi zulfungda ko'nglum bo‘lg‘ali g’am mahrami (“G'aroyib us-sig'ar”, 1 -muxammas)


Ohkim, volih men ul sarvi xiromondin judo (“Navodir ush-shabob”, 2-muxammas)


Ne navo soz avlagay bulbul gulistondin judo (“G'aroyib us-sig'ar”, 38-g‘azal)


Masnadi husn uzra tokim ko'rmisham ul shohni (“Navodir ush-shabob”, 1-muxammas)


Bo'lmag'ay erdi jamoling muncha zebo koshki (“Navodir ush- shabob”, 3-muxammas)


Ochmag’ay erding jamoli olam oro koshki (“Navodir ush- shabob”, 625-g‘azal)


SHarbati yuhyil izom erni mayi nobindadur (“Badoyi’ ul-vasat”, 1-muxammas)


Necha, ey oy, mendin ayni aylagay davron seni (“Badoyi’ ul- vasat”, 2-muxammas)


Kelgil, ey oromi jonimkim, tilaydur jon seni (“Favoyid ul- kibar", 618-g‘aznl)




Ohkim, tarki muhabbat qildi jonon oqibat (“G’aroyib us- sig'ar", 2-muxammas)


YoShurun dardimni zohir qildi afg'on oqibat


(“Navodir ush- shabob”, 72-g‘azal)


Jilva qildi dahr aro ko'p husni bexamto yigit ("Favoyid ul- kibar”, 1-muxammas)


Ko'nglum oldi bir pariypaykar malaksiymo yigit (“G'aroyib us-sig'ar”, 80-g‘azal)




Ishq o'tidin jismi zori notavonim o'rtading (“G'aroyib us-sig'ar”, 3-muxammas)


Vahki, o'tluq chehra ochib xonumonim o’rtading (“Navodir ush-shabob", 354-g‘azal)




Ko'rguzub yuz, ko'ngluma yuz ming jafomu qilmading (“Favoyid ul-kibar", 2-muxammas)


Ishq o'tidin qismatim dardu balomu qilmading (“Badoyi’ ul- vasat”, 356-g‘azal)


O’zga shoir g’azaliga taxmis bog’langanda muxammasning so’nggi bandida g’azal muallifi va uni beshlantirayotgan shoir taxallusi keltiriladi. Masalan, Alisher Navoiyning Lutfiy g’azali asosida yozilgan muxammasining oxirgi bandi quyidagicha:


Har gado egnida bo'lsa eski to'n yo choki jayb,
Bilmay asli niyatin qilmoq g'alatdur shakk-u rayb,
Ey Navoiy, chun sanga ma’lum emastur sirri g'ayb,
Lutfini mayxonada oShufta ko'rsang, qilma ayb
Kim, bu majnun ixtiyori zulfi qullobindadur.
“Xazoyin ul-maoniy”ga musaddas (“oltilik”) janri ham kiri- tilgan bo’lib. kulliyotdan 5 ta musaddas o'rin olgan. Musaddas ham muxammas singari ikki turga bo'linadi:
1) tab'i xud (mustaqil);
2) tasdis (g'azalni oltilantirish asosida yaratilgan).
Kulliyotdagi 5 ta musaddasdan 2 tasi Lutfiyga, bittasi Husayniyga tasdis bo'lsa. bittasi shoirning o'z g'azaliga tasdis va bittasi shoirning o'z tab’idan yaratilgan musaddasdir.
Navoiyning o'z g'azaliga bitgan tasdisi birinchi bandini ko'rib o'tsak (bunda qoraytirilgan misralar Navoiy g'azalining matla’si bo'lib, musaddas uchun asos vazifasini o'tagan, yuqoridagi to'rt misra esa keyinchalik shoir tomonidan qo'shilib, g'azal tasdis holiga keltirilgan):
Subhidam maxmurluqtin tortibon dardi sare.
Azmi dayr ettimki, ichgaymen sabubiy sog'are,
Chiqti sog'ar to'ldurub kofirvashi mahpaykare,
Naqde din olib ichimga soldi maydin ozare,
Vahki, dinim kishvarin toroj qildi kofire.
Kufr eliga homiy-u din ahlig'a yag'mogare.
“Ishq zor etti xaloyiq ibtilosidin meni" deb boshlanuvchi musaddas esa Husayn Boyqaro g'azaliga bog'langan bo'lib, yetti bandni o'z ichiga oladi. Musaddas quyidagi band bilan boshlanadi:
Ishq zor etti xaloyiq ibtilosidin mcni,
Har zamon bir ta’nagir muhlik adosidin mcni.
Hajr xud kuydurdi dardi bedavosidin mcni.
Ham o'lum qilg'ay xalos aning jafosidin mcni.
Ey ajal, ozod qil hijron balosidin meni,
Bir yo'li qutqar ulusning mojarosidin meni.
Musaddasda Husayniy g'azalida aks etgan ma’no yanada boyitilgan, mazmunan to'ldirilgan, har bir band Navoiy qo’shgan to'rt misra vositasida poetik jihatdan sayqallashtirilgan. Dastlabki bandda ishqqa duchor bo'lgan oshiqning zamona va odamlarning ta’nalaridan qiynalgani, bu jafolardan oshiqni faqatgina o'lim ozod etishi mumkinligi bayon qilingan. Ayniqsa, shoh va shoir Husayniyning “...bir yo'li qutqar ulus mojarosi­din meni” degan so'rovi uning qalbidagi samimiy tuyg'ularni, dunyoqarashini aniqlashda muhim nuqtadir. Keyingi bandlar- shoh va gadoning o'limi orasida farq bo'lmasligi aytilgan, chaman - dunyo g'avg'osidan faqat ishq qutqarishi bayon etilgan Shu tariqa oshiqning ishq oldidagi shikastaligi bayoni bandma-band yuksak pardalarda kuylangan, so'nggi bandda Husayniyning saltanatdan umuman faxrlanmasligi, u aslida ishq ko'chasining gadolaridan ekanligini e’tirof etishi Alisher Navoiy bilan hammaslak ekanligini oydinlashtiradi. Ushbu musaddas Alisher Navoiy bilan Husayn Boyqaroning dunyoqarashlaridan uyg'un nuqtalarni aniqlashda muhim manba va ayni paytda ikki buyuk shaxsning hayot hamda olam haqidagi tuShunchalarini jam qilishi bilan ahamiyatlidir.

Download 473.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling