1-Modul: Avtomobillar servisi-avtomobillarga xizmat ko‘rsatishning umum tan olingan usuli Reja


Avtoservis xizmatining turlari, tahrifi va iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati


Download 59.5 Kb.
bet3/4
Sana16.06.2023
Hajmi59.5 Kb.
#1496360
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu

3. Avtoservis xizmatining turlari, tahrifi va iqtisodiy-ijtimoiy ahamiyati.
Mamlakat avtomobil transporti va aholining shaxsiy avtomobillari uchun avtoservisning iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyati katta bo‘lib, uning xizmatidan yil davomida millionlarcha avtomobillar doimiy foydalanadilar.
Hozirgi paytda respublikamiz hududida avtoservis xizmati ko‘rsatuvchi yirik birlashmalar- “O‘zavtotexxizmat” xissadorlik jamiyati, “O‘zbekLada” assotsiatsiyasi, “Interavtoservis” korxonasi va shuningdek, yuzlab xususiy ASSlari, TXK postlari, avtoustaxonalari va avtosalonlar ishlab turibdi.
Ulardagi ishchi postlarning soni to‘rt ming atrofida bo‘lib ishchilarning umumiy soni esa o‘n mingdan oshadi.
Bu sohadagi avtoservis xizmati ishlarini bajarishda korxonalar orasida, o‘ziga xos ixtisoslashish shakllangan, ya`ni kichik quvvatli ASSlari oddiy, ko‘p bo‘lmagan xajimdagi (3-4 ishchi-soatgacha) proflaktik ishlarni bajarsalar, o‘rta va yirik quvvatli stantsiya va avtomarkazlarda murakkab va katta hajmdagi ishlar (agregat detallari va elektron priborlarni ta`mirlash, kuzovlarni tiklash, ularga ishlov berish va bo‘yash va x.k) bajariladi.
Avtomobillarga servis xizmati sifatida o‘tkaziladigan ish-lar texnik xizmat, tijoriy va axborot xizmatlardan iboratdir.
Avtoservis xizmati turlari: avtomobil va uning agregatlari, detallari va qismlarining texnik holatini nazorat qilish, sozlash, rostlash va ta`mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan ishlar jamlanmasi hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda texnik xizmat ishlari:
-avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish va ularni ta`mirlash;
-avtomobillar agregatlari, detallari, kuzovlari, shinalari, akkumulyatorlarini ta`mirlash va ish qobiliyatini tiklash;
-avtomobillarni buyurtmalar asosida diagnostika qilish;
-avtomobillarga ko‘chalarda, yo‘llarda, saqlash joylarida talabga binoan texnik yordam ko‘rsatish;
-avtomobillarni qayta jihozlash;
O‘zbekiston avtomobillar servisi bozorining sub’ektlari.

-avtomobillarni davlat texnik ko‘rigiga tayyorlash;


-engil avtomobillar va avtobuslar kuzovlariga zanglashga qarshi ishlov berish;
-avariyaga uchragan avtomobillar kuzovlarini tiklash;
-avtomobillarni saqlash;
-avtoservisda o‘ziga-o‘zi xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil qilish;
-texnik maslaxatlar, avtoservis xizmatlari haqida axborot berish;
- avtoekspertiza, ya’ni avtomobildagi ta`mirlash ishlarining hajmi va narxini aniqlab berish va h.k.

Download 59.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling