1-modul. Dehqonchilik 1-mavzu. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi, ilmiy asoslari va rivojlanish istiqbollari mavzu maqsadi
Dehqonchilikning rivojlanish tarixi
Download 0.62 Mb.
|
1-МАВЗУ
2. Dehqonchilikning rivojlanish tarixi
Xorijlik tadqiqotchilar, jumladan Macy “oziq moddalarning o‘simlik uchun kritik miqdori (foizi)” konsepsiyasini taklif etdi. U oziq moddalarining etarliligi va o‘simlik hosildorligi hamda oziq moddalar konsentratsiyasi va o‘simlik tanasi o‘rtasidagi munosabatni bog‘liqligini aniqladi. Macy har bir o‘simlik turi uchun, har bir oziq moddaning kritik miqdorini ishlab chiqdi. O‘simlik talabi darajasidagi minimal diapozonda, qo‘shimcha oziq moddalarni qo‘llash hosilni oshiradi, lekin oziq moddalar ulushi (%) ni emas. Oziq moddalar etishmasligini boshqarish diapozonida, oziq moddalarni qo‘shimcha qo‘llash, oziq moddalar ulushi (%) ni oshiradi, biroq ularni o‘simlikka o‘tishini (yoki tuproqdan olib chiqilishini) emas. Oziq moddalar etarli bo‘lganda qo‘shimcha oziq moddalar qo‘llash hosildorlikni kam ta’sir ko‘rsatadi. Lekin oziq moddalar % miqdorini oshiradi. Oziq moddalar etishmaslik diapozoni va iste’mol qilish diapozoni oraliqlarida «kritik foiz» nuqtasi mavjuddir. Masu Libix qonunini davom ettirib, o‘simliklarni o‘sishi uchun oziq moddalar etishmasligining minimal ulushi diapozonini taklif qildi. Yuqori ta’minlangan oziqlanishda xam Libix qonuni yaxshi samara beradi SHuning uchun oziq moddalarning katta zaxirasi mavjud bo‘lgan holda, boshqa bir nechta oziq moddalarning etishmasligi o‘simlik o‘sishini susaytirishi yoki to‘xtatishi mumkin. Mitschyerlich qonuniga ko‘ra daromad (hosildorlik) ning kamayib borishi bilan oziq moddalarining etishmaslik diapozoni bilan bog‘liq bo‘ladi, bunda bog‘liqlik chiziqli ravishda, daromadning kamayishi bilan qadamba-qadam o‘zgarib boradi. Arxeologik qazishmalar, afsonalari va uzoq davrlardagi kuzatish va tekshirishlar dehqonchilikni 10000 yoshda ekanligini tasdiqlaydi. Insoniyat ichki tuyg‘ulari tomonidan birinchi marta o‘simliklar urug‘lardan unib chiqishini aniqlaganlar. Bu davrda (paleolit va neolit davrlarida) yerkaklar ovchilik va oziq-ovqat yig‘ish bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Ayollar yovvoyi floradan foydali o‘simliklarni etishtirish bo‘yicha kashfiyotchi (inovator) lari bo‘lishganlar. Ular ildiz va ildiz poyalilarni kovlab olib yiriklarini is’temol uchun, maydalarini esa keyingi yil ekish uchun saqlab qo‘yganlar. Quyidagi 1.1-jadvalda dehqonchilikni rivojlanish bosqichlari (taxminiy fikr, tasavvur) keltirilgan. Dehqonchilik qishloq xo‘jaligining eng qadimiy tarmoqlaridan biri bo‘lib, u hali xususiy mulkchilik bo‘lmagan bir paytda paydo bo‘lgan va shakllangan. Qadimiy dunyo dehqonchiligida odamlar kichik-kichik yerlarda o‘z ehtiyojlarini qondirish maqsadida tariq, suli, arpa, bug‘doy va boshqa ekinlar ekib o‘z ehtiyoj-larini qondirganlar. Keyinchalik, ehtiyojlarini oshib borishi bilan katta maydonlarda dehqonchilik qila boshlaganlar. Dastlab oddiy toshdan ishlangan dehqonchilik qurollaridan foydalangan bo‘lsada, keyinchalik tosh qurollari o‘rniga bir oz taraqqiy etgan dehqonchilik qurollari kirib kelgan Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling