1-modul. Dehqonchilik 1-mavzu. Kirish. Fanning maqsadi, vazifasi, ilmiy asoslari va rivojlanish istiqbollari mavzu maqsadi
Download 0.62 Mb.
|
1-МАВЗУ
Issiqlik. O‘simliklar va tuproq mikroflorasi uchun issiqlik boshqa hayot omillari bilan bir qatorda o‘ta muhim ahamiyatga ega. Urug‘ning unib chiqishidan boshlab, o‘simlikda kechadigan fiziologik, biokimyoviy, kimyoviy va boshqa jarayonlar muayyan muhitda sodir bo‘ladi. Bunda issiqlikning o‘rni almashtirib bo‘lmas darajada. Tuproqda etarlik harorat bo‘lgandagina urug‘ uyg‘onadi, unda murtak otish jarayoni boshlanadi, aksincha urug‘ tinch holatda turadi va haroratning manfiy darajaga o‘zgarishi hisobiga hatto nobud bo‘ladi ham.
Madaniy o‘simliklarni yaxshi o‘sib rivojlanishi uchun yorug‘lik bilan bir qatorda tuproq va atmosfyera harorati muhim ahamiyatga ega. Harorat fotosintez jarayonining o‘tishi uchun katta ahamiyatga ega. Faqatgina yorug‘lik etarlik miqdorda bo‘lganda va optimal haroratda bu jarayon faol o‘tadi.
Tuproq va atmosfyera harorati urug‘larni unib chiqishida va keyingi bosqichlarda muhim ahamiyatga ega. Ekinlarning turiga qarab urug‘ning unishi uchun tuproq haroratiga bo‘lgan talabi ham turlicha bo‘ladi. Masalan, boshoqli don ekinlari uchun tuproq haro-rati 1-30S, chigit uchun esa 12-140S bo‘lishi kerak. Boshoqli ekinlar urug‘ining yoppasiga unib chiqishi uchun tuproq harorati 15-200 S, chigitning unib chiqishi uchun esa 20-250 S bo‘lishi kerak. Madaniy o‘simliklar issiklikka bo‘lgan talabiga ko‘ra, 2 ga bo‘linadi. Birinchisi-issiqsevar va ikkinchisi- issiklikni kam talab qiluvchilarga bo‘linadi. SHuning bilan bir qatorda madaniy o‘simliklarning issiqlikka bo‘lgan talabi ularning rivojlanish fazalariga qarab ham o‘zgaradi. Masalan g‘o‘za, sholi, tamaki kabi ekinlar past haroratda juda chidamsiz, hatto 0°S da hayoti to‘xtaydi, makkajo‘xori, kartoshka, tariq kabi ekinlar esa 2-300 S haroratda zararlanadi. Zig‘ir, kungaboqar, bahorgi vika, lyupin va boshqalar unib chiqish fazasida 5-80S gullash va pishish fazasida esa-2-30S haroratga chiday oladi, xolos. Past haroratga chidamli o‘simliklar xisoblangan suli, bug‘doy, arpa, ko‘k no‘xat ko‘klamda 7-8 0S ga bardosh byerolsa, gullash va pishish fazasida 1-20S haroratdan zararlanadi. Madaniy o‘simliklarning issiqlikka turlicha munosabatda bo‘lishi va ularning talabini o‘rganish o‘simliklar fiziologiyasi va ilmiy dehqonchilikning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Ba’zi bir o‘simliklar vegeta-siya davrida yaxshi o‘sib rivojlanishi uchun haroratni ko‘p talab qilsa, boshqa birlari kamroq talab qiladilar. Masalan, g‘o‘zani gullash davrida jadal o‘sish va rivojlanishi uchun optimal harorat 35-370S boshoqli ekinlar uchun esa 200S bo‘lishi talab etiladi. Havo. Madaniy o‘simlik va tuproq mikroorganizmlariping nafas olishida atmosfyera va tuproq havosi kislorod manbasi sifatida zarur. Fotosintez jarayoni natijasida hosil bo‘lgan barcha organik moddalarning 93,5% ni havo va suvdagi karbonat angidriddan, 6,5% ni o‘simlik tuproqdagi minyeral elementlardan oladi. Tuproq mikroorganizmlarining nafas olishida organik birikmalar oksidlanib, xayotiy jarayonlar uchun zarur kimyoviy enyergiya ajraladi. O‘simlik va tuproq mikroorganizmlari nafas olishini yaxshilash maqsadida, atmosfyera va tuproq havosi almashishini jadallashtirish uchun dehqonchilikda har xil meliorativ hamda agrotexnika tadbirlari muntazam ravishda o‘tkaziladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling