3-savol bayoni fan - har doim eng aniq tilda ifodalanadigan bilimlar majmuasidir; fan - bu ob’ektlarning ishlashi va rivojlanish qonuniyatlari haqidagi bilimlar tizimidir; fan - bu empirik sinovdan o‘tgan va tasdiqlangan bilimdir; fan - bu doimiy ravishda o‘zgarib, rivojlanib boradigan bilimlar tizimidir. Ilmiy tadqiqotlarda uchta asosiy yo‘nalish mavjud: Ilmiy tadqiqotlarda uchta asosiy yo‘nalish mavjud: - 1. Fundamental ilmiy tadqiqotlar - bu yangi fundamental bilimlarni olish, shuningdek, o‘rganilayotgan hodisalarning qonuniyatlarini aniqlashtirish uchun mavzuni chuqur va har tomonlama o‘rganishga qaratilgan bo‘lib,olingan natijalari esa bevosita ishlab chiqarish maqsadlarida foydalanishga mo‘ljallanmagan bo‘ladi.
- 2. Amaliy – ilmiy tadqiqotlar – bu fundamental fan yutuqlaridan amaliy muammolarni hal qilishda foydalanadigan tadqiqot bo‘lib, uning natijalari yangi texnologiyalarni yaratish va takomillashtirishga xizmat qiladi.
- 3. Tadqiqot va ishlanmalar (ilmiy-tadqiqot ishlari) - bu yerda ilm-fan va ishlab chiqarish birlashtirilib, shu bilan ushbu loyihaning ilmiy va texnikaviy hamda muhandislik tadqiqotlari ta’minlanadi. Ba’zan olingan natijalar ilmiy-texnikaviy inqilobga olib kelishi mumkin.
Izoh; Фундаментал – лотинча fundamentalis – асос (негиз) бўлувчи,асос қилиб олинувчи деган сўздан олинган бўлиб,ўзбек тилида асосий,бош,энг муҳим нарса деган маънони англатиш учун ишлатилади.
Do'stlaringiz bilan baham: |