1-modul. Fanning rivojlanish tarixi. Elektr yuritmaning mexanikasi, elektr yuritma tarkibidagi motorlarning tavsifi va elektr mexanik xususiyatlari. Maʻruza №1
Motor valiga mexanik parametrlarni keltirish
Download 0.78 Mb. Pdf ko'rish
|
m1 (3)
Motor valiga mexanik parametrlarni keltirish.
Elektr yuritmaning mexanik qismini tashkil qiluvchi elementlari o„zaro bolangan bo„lib, ular bir-birlariga tegishli taosir ko„rsatadilar. Shuning uchun, u yoki bu elementning mexanik harakatini taxlil qilishda, unga yuritma kinematik sxemasining boshqa elementlarini taosirini xisobga olish zarur. Bu, harakati ko„rib chiqilayotgan elementga mos ravishda, mexanik qismdagi barcha moment, kuch, inersiya momenti va massalarni qayta xisoblash orqali amalga oshiriladi. Bunday xisob, EYu nazariyasida keltirish operatsiyasi va qayta xisoblangan o„zgaruvchi ko„rsatkichlar esa keltirilgan kattaliklar deyiladi. Ko„rsatilgan kattaliklarni EYu mexanik qismini istalgan elementiga keltirish mumkin, ammo odatda bunday element sifatida dvigatel vali olinadi. Keltirish operatsiyasining moxiyatini aniqlash uchun ko„tarish chiiri yuritmasining kinematik sxemasi ko„rsatilgan 2.2, a-rasmga murojaat qilamiz. Dvigatel ED, ulovchi mufta M 1 , reduktor R va mufta M 2 orqali kanat K o„ralgan barabanni B aylantiradi. Kanatga chiir ilmoi I (mexanizmining ijro organi) maxkamlangan, unga m massali yuk osiladi. EYuning yuklamasi oirlik kuchi, xamda harakatdagi qismlarning ishqalanishi bilan aniqlanadi. 2.2, a-rasmdagi barcha moment, kuch, inersiya momenti va massalarni dvigatel valiga keltirilgandan so„ng ekvivalent xisoblash sxemasiga ega bo„lamiz. Bu sxemaning (2.2, b-rasm) asosi dvigatel bo„lib, real sxemaning qolgan elementlari statik moment M s (keltirilgan yuklama yoki qarshilik momenti) va keltirilgan inersiya momenti J bilan ifodalanadi.2.2, b-rasmdagi sxema bir massali tizim yoki bikr keltirilgan mexanik bo„in nomi bilan xam ataladi. Yuklama momentini keltirish dvigatel yuklamasi mexanik quvvatini real (2.2, a-rasm) va ekvivalent (2.2, b- rasm) sxemalardagi tengligiga asoslanib amalga oshiriladi. Yuklama momentini keltirish, mexanik qismdagi energiya yo„nalishiga qarab, ikki usulda bajariladi. 1) Agar yuk ko„tarish amalga oshirilayotgan bo„lsa, unda dvigatel foydali ish bajarib, kinematik zanjiridagi ishqalanish natijasida yuz berayotgan quvvat yo„qotishlarini bajarilayotgan foydali ish xisobiga o„zi qoplaydi. 2.2-rasm. Ko„tarish chiiri elektr yuritmasining kinematic sxemasi (a) va uning keltirilgan xisoblash sxemasi (b) Bunda energiya dvigateldan ijro organiga yo„nalgan bo„lib, quvvatlar muvozanati bunda quyidagi ko„rinishga ega bo„ladi P s = P io , M s = F io io /n, bu yerda M s = F io io /( ) = F io / Oxirgi formulada F io = m g - ga teng bo„lib, u oirlik kuchidir. 2) Yuk tushirilayotganda esa, u yo„qotayotgan potensial energiya dvigatelga o„tkaziladi. Shuning uchun, kinematik zanjirdagi ishqalanishdagi yo„qotish, bu yerda shu energiya xisobiga qoplanadi va quvvat muvozanati M s = F io io orqali aniqlanib, M s = F io r ga tengdir. Agar ijro organi io tezlik bilan aylanma harakatda bo„lib va bunda M io yuklama momentini xosil qilsa, yuqorida ko„rib chiqilgan xolatlarga o„xshash, dvigatel valiga keltirilgan yuklama momenti M s quyidagi formulalarning biri orqali aniqlanadi M s = M io io /( ) = M io /( i); M c = M io io / = M io /i Download 0.78 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling