1-modul. Kommunikativ kompetentlik 1-mavzu: Kommunikativ kompetentlik va uni rivojlantirish (1s nazariy) Reja


Download 218.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana16.06.2023
Hajmi218.24 Kb.
#1492336
1   2   3   4   5
Bog'liq
ipx5cLMapRgl7Gz1zSMN4X0Q0o2kqbsVNWgQbvy4

 


O‘z muloqotingizdan qoniqasizmi? 
1. Muloqot jarayonida hamkasblaringiz bilan tez-tez bahslashib turasizmi? 
a) yo‘q (1 ball); 
b) ba’zan, sharoitga qarab (2 ball); 
v) aksariyat hollarda (3 ball). 
2. Bozorda sotuvchi sizga qo‘pollik qildi. Qanday javob qaytargan bo‘lardingiz? 
a) Jimgina undan nari ketardim (1 ball); 
b) unga jiddiy tanbeh berardim (2 ball); 
v) so‘ziga yarasha so‘z bilan javob qaytarar edim (3 ball). 
3. Agarda majlisga kechiksangiz, o‘zingiz qanday holatga tushasiz? 
a) o‘zimga nisbatan va atrofimdagilarga nisbatan g‘azab uyg‘onadi (3 ball); 
b) hech narsa qila olmasligimni tushunib, asabiylashmayman (1 ball); 
v) ozgina asabiylashaman (2 ball). 
4. Hamkasblaringizdan biri sizdan beruxsat stolingizdan ruchka yoki kitob oldi, unga siz 
qanday munosabat bildirasiz? 
a) hech qanday, balki bu holatni sezmasman (1 ball): 
b) nimani olgan bo‘lsa, joyiga qo‘yishini eslataman (2 ball); 
v) norozi bo‘lganligimni aytaman, chunki hozir ruchka yoki kitob olgan bo‘lsa, 
keyinchalik stolimdan biror muhim narsani olishi mumkin, masalan, kerakli hujjatlarimni (3 
ball). 
5. Hayotga nisbatan munosabatingiz qanday? 
a) konservativ (eskilik tarafdori) fikrda (2 ball); 
b) radikal (keskin o‘zgarishlar tarafdori) fikrda (3 ball); 
v) katta yoshli bo‘lishga qaramasdan jiddiy munosabatda emas (1 ball). 
6. Omadsizlikka duchor bo‘lganingizda qanday ahvolga tushasiz? 
a) sababini o‘zimdan qidiraman (2 ball); 
b) bunga ba’zi shart-sharoitlar va tanish kishilar sabab bo‘lgan deb o‘ylayman (3 ball); 
v) chuqur nafas olaman va barcha ishlarimni qaytadan boshlayman ( l ball). 
7. Sizning fikringizcha, hamkasblaringiz sizni qanday baholashadi? 
a) do‘st va insonparvar kishi sifatida (2 ball); 
b) o‘ziga qattiq ishongan kishi sifatida (3 ball); 
v) xotirjam va vazmin kishi sifatida (1 ball). 
8. Qaysi hayvon bilan xayolan chiqisha olasiz? 
a) ayiq (1 ball); 
b) mushuk (2 ball); 
v) yo‘lbars (3 ball). 
9. Biror kishi bilan janjallashib qolganingizda, yarashish uchun sabab izlashga harakat 
qilasizmi? 
a) hech qachon (3 ball); 


b) doimo (1 ball); 
v) ba’zan (2 ball). 
10. Suhbatdoshingiz sizning suhbatingizni tinglamasa? 
a) nimaga mening suhbatim uni qiziqtirmayotganligini odob bilan so‘rayman (2 ball); 
b) namoyishkorona suhbatni to‘xtataman, yoki umuman qayrilib ketvoraman (3 ball); 
v) vaziyatni xotirjam baholayman, sukut saqlab, so‘ngra muloqotni davom ettiraman (1 
ball). 
11. Maktabda sizning farzandingizni bir bola xafa qildi? 
a) o‘qituvchini jalb qilib, darhol chora ko‘rishni talab qilaman (3 ball); 
b) muammoni hal qilishni farzandimning o‘ziga havola etaman (1 ball); 
v) o‘sha bolaga qanday “javob” qaytarish kerakligini farzandimga o‘rgataman (2 ball). 
12. O‘zaro murosaga kelishda doimo peshqadamlik qilasizmi? 
a) hech qachon (3 ball); 
b) sharoitga qarab (2 ball); 
v) ko‘pincha (1 ball). 
13. Taksida ketayotganingizda haydovchiga yo‘l harakatiga taalluqli bo‘lgan biror qoidani 
o‘rgatasizmi? 
a) hech qachon (1 ball); 
b) ha, agarda u uzoq bir masofani tanlab yursa (2 ball); 
v) avtomashinani boshqarishda mening asabimga tegadigan nojo‘ya manyovr qilsa, 
noroziligimni bildiraman (3 ball). 
14. Siz o‘zingizni ulfatlaringizning jon-u dili deb hisoblaysizmi? 
a) ba’zan (2 ball); 
b) doimo (3 ball); 
v) yo‘q (1 ball). 
15. Siz hamisha odamlarga nisbatan e’tiborlimisiz? 
a) har doim emas (3 ball); 
b) doimo (1 ball); 
v) vaziyatga qarab (2 ball). 

Download 218.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling