1-modul. Kommunikativ kompetentlik 1-mavzu: Kommunikativ kompetentlik va uni rivojlantirish (1s nazariy) Reja


Download 218.24 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana16.06.2023
Hajmi218.24 Kb.
#1492336
1   2   3   4   5
Bog'liq
ipx5cLMapRgl7Gz1zSMN4X0Q0o2kqbsVNWgQbvy4

O‘z muloqotingizdan qoniqasizmi? 
Hurmatli o‘qituvchi, qayerda bo‘lmasin muloqot jarayonida erishayotgan 
muvaffaqiyatlaringiz pedagogik faoliyatingizda va kundalik hayotingizda muhim 
ahamiyatga ega. Zero, o‘quvchilarni, do‘stlaringizni, ba’zan uchraydigan hasadgo‘y 
hamkasblaringizni va rahbaringizni sizga nisbatan munosabati muloqotda qanday inson 
ekanligingizga bog‘liq. Kishilarga hamdard bo‘lish, ko‘maklashish, iltimosini bajarish yoki 
bajarmaslik sizning xohish-istagingiz. Ushbu vaziyatlarda muloqotingiz qay darajada 
ekanligini bilishni istaysizmi? Quyidagi test savollariga javob bering. Har bir javob uchun 
yig‘ilgan ballar miqdoriga qarab muloqotda nimalarga qodir ekanligingizni hamda 
kamchiliklaringizni bilib olasiz. 


24 ball va undan kam 
Siz muloqotda vazminsiz, shu bilan birga, jur’atsiz, tortinchoq insonsiz. 
Qat’iyatsizligingiz ba’zan hayotda bajarayotgan ishingizga hamda, o'z maqsadingizga 
erishishingizga xalal beradi. Doimo xotirjamlikni sevishingiz va o'zingizni himoya qilishga 
o'rganishingiz kerak. Ushbu xususiyatlar sizda yo'q. 
25 dan 31 ballgacha. 
Siz bilan muloqot qilish huzur bag'ishlaydi, biroq sizning kayfiyatingiz o'zgaruvchan. 
Ba’zan his-tuyg'ularingiz tez-tez ko'tarilib, do'stona muloqotda xalaqit beradi. Sabr-toqatli 
bo'ling, salbiy his-tuyg'ularingizni nazorat qiling. Ularni arzimagan sabablar bilan yuzaga 
chiqishiga erk bermang. 
32 ball va undan yuqori. 
Ba’zan siz hatto darg`azab insonga aylanasiz. Buni o'zingiz yaxshi bilasiz, ammo 
biror chora ko'rolmaysiz. Siz o'zingizni janjallashayotgan yoki bahslashayotgan 
kishingizning o‘rniga qo'yib ko'ring, bu inson sizga qanday ko‘z bilan qarayotganligini 
tasavvur qiling. Uning obrazi sizga yoqadimi? Siz haddan tashqari talabchansiz va 
boshqalarni tanqidiy nazar bilan ko'rasiz. Odamlar siz bilan murosaga kelishga, til topishga 
qiynalishadi. Atrof-muhitingizda sizni o'rab turgan kishilar bilan samimiy munosabatda 
bo'ling, ularning kamchiliklarini kechirishni o'rganing. 

Download 218.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling