Modellashtirish zarurati. Real hayot bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri о‘zaro
munosabatda bolish о‘rniga model ishlatishni shart qilib qo'yadigan bir necha
sabablar mavjud. Ularga ko‘pchilik tashkilotlarda vaziyatlarning tabiiy
murakkabligi, real hayotda, zarur bo'lganda, ilmiy tajribalarni o'tkazishning imkoni
bo'lmasligi va rahbariyatning kelajakka qarashi taalluqlidir.
Murakkablik. Hamma menejment maktablarida boiganidek, menejment ilmi
real olamning tashkilot muammolarini hal etishda foydali boiishiga intiladi.
Insonning model yordamida reallik bilan о‘zaro munosabatda boiganida
qobiliyatlarining oshishi g'alati ko'rinishi mumkin. Ammo bu shunday, chunki
tashkilotning real hayoti nihoyatda murakkab va muayyan muammoga taalluqli
o'zgaruvchan miqdorlarning faktik soni har bir kishining qobiliyatidan ancha ortiq
boiadi hamda uni real hayotni modellashtirish yorda- mida soddalashtirib anglash
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |