1-Modul. Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ilmiy asoslari


Tarbiyaning asosiy tizimi quyidagicha bo'lishi lozim


Download 43.58 Kb.
bet3/8
Sana29.03.2023
Hajmi43.58 Kb.
#1308136
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ma\'ruza

Tarbiyaning asosiy tizimi quyidagicha bo'lishi lozim :
– tarbiya – tarbiyalanuvchi shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o'smir va yosh yigit-qizning betakror va o'ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini e'tiborga olish;
– yoshlarda istak va imkoniyat muvofiqligi tuyg'usini qaror toptirish;
– milliylikning o'ziga xos an'analari va vositalariga tayanish;
– shaxslararo munosabatlarda insonparvarlik, pedagoglar va o'quvchilar o'rtasidagi bir-biriga hurmat munosabatlari, bolalar fikriga e'tibor qilish, ularga mehribonlarcha munosabatda bo'lish,
Tarbiyaviy ishlarning metodologik asoslari bo’lib mutafakkirlarimizning qoldirgan bebaho merosi, Prezidentimiz tomonidan yaratilayotgan shaxs ma’naviyatini shakllantirishga qaratilgan qarorlar va qonunlar xizmat qiladi. Milliy pedagogikamiz asoschilaridan biri Abdulla Avloniyning «Tarbiya biz uchun . ha.t, . mamot, . najot-.halokat, . saodat, . falokat masalasidir!» degan fikrlari yuqoridagilarni yana bir bor tasdiqlaydi.

  • Tarbiya berish deganda, kimnidir maxsus bir xonaga kiritib, faqat pand-nasihat qilishni emas balki o'yin davomida, uy yumushlari jarayonida, ta'lim va ilim o'rgatish vaqtida, hayot va turmush saboqlarini qiyosiy yo'sinda tushuntirishni, qolaversa, shaxsni o'rnak ko'rsatish odatini tushunmoq va bilmoq lozim

  • Tarbiyaviy ishlar metodikasi faninig maqsadi: -dunyodagi ma'rifat soxasiga tegishli bilimlarni to'plab, O’zbekiston hududida yashovchi har bir fuqaroni, har bir millat; ellat vakillarini va ularning farzandlarini barkamol insonlar qilib tarbiyalash, mustaqil respublikamizning ongli fidoisiga aylantirishdir

  • Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining predmeti: ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etuvchi, bilim va tarbiya beruvchlar hamda uni o’ziga qabul qiluvchilar orasidagi pedagogik munosabatdir.

  • Tarbiyaviy ishlar metodikasi fanining ob’ekti: uzluksiz ta’lim-tarbiya jarayonidir.



1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling