1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish
Mavzuga oid tayanch tushunchalar
Download 5.9 Mb.
|
Texnologiya 7-8-semestr ma\'ruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Interaktiv” (interfaol)-inglizcha so‘z bo‘lib, “interact”- “inter”-bu o‘zaro
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: interfaol metodlar, SWOT tahlil metodi, grafik organayzer turlari.
Ta’lim to’g’risidagi qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ta’lim jarayoniga tatbiq etish bilan ta’limda sifat va samaradorlikka erishish va shu orqali modernizatsiya qilinga ta’lim standartlari to’lioq bajarilishini ta’minlash davri boshlandi. Ta’limda takomillashtirilgan dasturlar, modernizatsiya qilingan, tajriba – sinovdan o’tgan standartlar, darsliklarning yangi avlodi bilan ta’minlash, kompyuterlashtirish Davlat umummilliy dasturi asosida izchil amalga oshirilmoqda. Boshqacha qilib aytganda, zerikarli darslar o’rniga darslarni tashkil etishga mas’uliyat bilan yondashadigan, kasbiy bilimdon, metodik mahoratga ega, mas’uliyatli, zamonaviy pedagogik texnologiyani mukammal o’zlashtirib olgan, innovatsiyalar asosida ta’limni tashkil etadigan o’qituvchilarga talab ortib bormoqda. Hozirda ta’lim metodlarini takomillashtirish sohasidagi asosiy yo‘nalishlardan biri interfaol ta’lim va tarbiya usullarini joriy qilishdan iborat. Interfaol usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash, tahlil qilish, xulosalar chiqarish, o‘z fikrini bayon qilish, uni asoslagan holda himoya qila bilish, sog‘lom muloqot, munozara, bahs olib borish ko‘nikmalari shakllanib, rivojlanib boradi. Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faollikni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. “Interaktiv” (interfaol)-inglizcha so‘z bo‘lib, “interact”- “inter”-bu o‘zaro,“act”-bu “harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi. Umumlatirganda esa “Interaktiv” (interfaol) –“o‘zaro harakat qilmoq” ma’nosini anglatadi.Interfaol ta’limning asosiy mezonlari: norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin seminarlar soni ko‘pligi, o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyatlar yaratilishi, kichiq guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yozma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta’lim- tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega Boshlang`ich ta`limda o`quvchilarning yosh xususiyatlari, savodxonlik darajalari, shaxsiy tabiatlariga ko`ra didaktik o`yinlar orqali, evristik suhbatlar loyihalashtirish asosidagi metodlar keng qo`llanilmoqda. Agar o`qitish jarayonida har bir o`quvchi o`zining o`zlashtirish imkoniyati darajasida topshiriqlar olib ishlaganida u yuqori sifat va samaradorlikni ta`minlagan bo`lar edi. Bunday holatni faqat tabaqalashtirilgan ta`lim orqaligina amalga oshirish mumkin. Didaktik o`yinli metodlar o`quvchi faoliyatini faollashtirish va jadallashtirishga asoslangan. Ular o`quvchi shaxsidagi ijodiy imkoniyatlarni ro`yobga chiqarish va rivojlantirishning amaliy yechimlarini aniqlash va amalga oshirishda katta ahamiyatga ega. Bu metod o`quvchini ichki imkoniyatlarini ishga tushishiga, o`ylashga, erkin fikr yuritishga, muloqotga, ijodkorlikka yetaklaydi. Ayniqsa, unda atrof-muhit, hayotni bilishga qiziqish ortadi, uchragan qiyinchilik, to`siqlarni, qanday yengish va tanqidiy fikrlash ko`nikmalarini shakllantiradi. Quyidagi jadvolda interfaol metodlar turlarini ko’rishimiz mumkin: Download 5.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling