Videoma’ruzalar. Bunday o‘qitish shaklida o‘qituvchi ma’ruzasi videotasmaga yoziladi, chiziqsiz montaj usulida u multimedia, ilovalar, ma’ruzani bayon qilishning ko‘rgazmali vositalari bilan to‘ldiriladi. Bunday to‘ldirishlar ma’ruza mazmunini nafaqat boyitadi, balki uni bayon qilishning jonliroq va tinglovchilar uchun qiziqarli bo‘lishini ta’minlaydi. Videoma’ruzalar o‘quv markazlariga videokassetalar yoki kompakt disklarda yetkaziladi. Zamonaviy pedagogik-psixologik tadqiqotlarning amaliy yo‘nalishi sifatida bugungi kunda pedagogikada o‘qitishning bir necha metodlari farqlanadi.
Oliy ta’lim muassasalaridagi samarali o‘qitish metodlaridan biri bu interfaol o‘qitish metodlaridir. Interfaol so‘zi inglizcha so‘z bo‘lib,
«inter» - o‘zaro va «act» - harakat qilmoq ma’nolarini bildirib, ularning umumiy mazmuni interfaol - ya’ni o‘zaro harakat qilmoq ma’nosini anglatadi. Bunday o‘zaro harakat turlariga “o`quvchi – o‘qituvchi” va “o`quvchi - o`quvchi” ning maqsadli harakatlarini kiritish mumkin. Interfaol o‘qitishda o‘qituvchi o‘quv faoliyatninig faol tashkilotchisi bo‘lib, o‘quvchi bu faoliyatning sub’yekti sifatida namoyon bo‘ladi. Ta’limda ilg’or xorijiy tajribalar modulini o’qish davrida bir qancha rivojlangan mamlakatlar jumladan Yaponiyada , Janubiy Koreyada , Fransiyada ,Germaniyada olib borilayotgan ta’lim
tizimi haqida ma’lumotlar mavjud bo’lib, hozirgi kunda Shetsariyada olib borilayotgan ta’lim tizimini O’zbekistonda olib borilayotgan ta’lim tizimi bilan farqini quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin.
Mavzuga oid savol va topshiriqlar:
Innovatsion texnologiya nima? Uning bir qancha ta’riflarini keltiring?
Innovatsion texnologiyalarning ta’lim samaradorligidagi ahamiyati?
Innovatsion texnologiya va interfaol metodlar bir tushunchami? Ularning farqi yoki o’xshashligi?
Texnologiya darslarida innovatsion texnologiyalarning qo’llash usullari?
4-MAVZU. INTERFAOL USULLARDAN TEXNOLOGIYA DARSLARIDA FOYDALANISH USULLARI.
Reja:
Interfaol ta‘lim texnologiyalarining didaktik mohiyati. 2.Interfaol ta‘lim metodlari.
3.Texnologiya darslarida interfaol ta‘lim metodlaridan foydalanish tartibi.
Do'stlaringiz bilan baham: |