1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish
Download 5.9 Mb.
|
Texnologiya 7-8-semestr ma\'ruzalar
- Bu sahifa navigatsiya:
- «KEYS-STADI» TEXNOLOGIYASI
- «KLASTER» METODI
- KLASTERNI TUZISH QOIDALARI
MUNOZARA” METODIBu metod yordamida talabalarga muayyan muammo bo‘yicha to‘liq axborotlar yetkaziladi, munozara uchun tanlangan mavzuni talabalar ayovsiz “shturm” qiladilar va pirovard natijada muammoga tegishli ma’lumotlarni atroflicha o‘rganadilar. «AQLIY HUJUM» METODIMashg‘ulot o‘tkazish tartibi: Ushbu metod turli tarzda qo‘llanilishi mumkin. Masalan, qandaydir mavzuni muhokama qilish uchun Yangi savol quyi yokiistalgan qandaydir muammoni hal etish mumkin. Asosiy qoidalari quyidagilar: Aytilayotgan barcha g‘oyalar bir biriga nisbatan muhimlikda tengdir. Kiritilayotgan g‘oyalarga nisbatan tanqid mavjud emas. G‘oyani taqdim etayotgan paytda so‘zlovchining gapini bo‘lmaslik. «KEYS-STADI» TEXNOLOGIYASI«Keys-stadi» ingilizcha (case – aniq vaziyat, stadi – o‘qitish) aniq vaziyatga va hodisaga asoslangan o‘qitish. O‘quv muammoli vaziyat (o‘quv keysi) tashkil etishning maqsadi auditoriyada mavzudan kelib chiqib, aniq muammoli vaziyatni mavjud imkoniyatlarni hisobga olgan holda muqobil yechimlarini muhokama qilish orqali qarorlar qabul qilish muhitini yaratishdan iborat. «KLASTER» METODIBu metod biron mavzuni chuqur o‘rganishdan avval talabalarning fikrlash faoliyatini jadallashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilish mumkin. Shuningdek, o‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi o‘zlashtirish, umumlashtirish hamda talabalarni shu mavzu bo‘yicha tasavvurlarini boyitish. KLASTERNI TUZISH QOIDALARI:Topshiriqni diqqat bilan o‘qib chiqing. Fikrlarni tarmoqlantirish jarayonida paydo bo‘lgan har bir fikrni yozing. Imlo xatolar va boshqa jihatlarga e’tibor bermang. Belgilangan vaqt tugamaguncha yozishni to‘xtamang, fikringizni jamlashga harakat qiling. Fikrlarni chegaralamang, ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikka e’tibor qarating. Ta’lim muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlarini samarali amalga oshirishda pedagogik texnologiyalarga asoslangan o‘qitishning innovatsion shakl, metodlarining tanlanishiga katta ahamiyat beriladi. Ta’lim muassasalarida samarali o‘qitish shakllari sifatida quyidagilar tavsiya etiladi: muammoli ma’ruza; videoma’ruza, vebinarlar; binar ma’ruza; intensiv-interaktiv seminar; trening, videotrening; interfaol ekskursiya; On-line seminarlari; taqdimot, kichik guruhlardagi ish v.h.k. Trening. Trening zamonaviy ta’lim shakllaridan biri hisoblanib, u interfaol mashg‘ulotlarni amalga oshirishning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Treninglar o‘rganilishi lozim bo‘lgan nazariy g‘oya va fikrlarni amaliy ish hamda mashqlar davomida o‘zlashtirish imkoniyatini beradi va ta’lim oluvchilarda shaxslararo o‘zaro hamkorlikning samarali ko‘nikmasini shakllantirishga, shuningdek, bo‘lajak mutaxassis kasbiy kompetentligining umumiy darajasini oshirishga yo‘naltiriladi. Har qanday pedagogik treninglarni tashkil etish quyidagi bosqichlardan tashkil topadi: Tashkiliy bosqich: guruhni yig‘ish yoki shakllantirish. Boshlang‘ich bosqich: guruh me’yorlarini ishlab chiqish, tanishuv va mashg‘ulotdan kutuvlarni aniqlash. Faoliyatli bosqich: trening turi va o‘tkazish metodikasini belgilash. Yakuniy bosqich (refleksiya). Trening mobaynida talabalar nazariy ma’lumotlarni o‘zlashtirish bilan birga, ularda bilish, emmotsional va xulq-atvor ko‘nikmalari ham rivojlanib boradi. Download 5.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling