1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish


Mehnatga munosabatni shakllantirish


Download 5.9 Mb.
bet3/47
Sana03.11.2023
Hajmi5.9 Mb.
#1742658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47
Bog'liq
Texnologiya 7-8-semestr ma\'ruzalar

Mehnatga munosabatni shakllantirish. Bu jarayon texnologiya fanining muhim qirralaridan biri hisoblanadi. Mehnatga munosabatni shakllantirish va tayyorlashning muvaffaqiyatliroq bo’lishi uchun bolalarning xotiralarini o’stirish vazifasi muhim rol o’ynaydi. Chunki texnologiya darslarida o’quv materiallarini eslab qolish boshqa predmetlarga nisbatan o’ziga xos xususiyatga ega. Boshlang`ich sinf o’quvchilari barcha yangi asboblar, materiallar, operatsiyalarning nomini, predmetni ko’rib idrok etish bilan birga ularni fikran biriktirib, tinglab fahmlashlari kerak. Buning uchun o`qituvchi mehnat darsida faqat tushuntiribgina qolmay, balki, asosan, material va buyumlar namunasini, asboblarni, materialga ishlov berish usullarini, operastiyalarning izchilligini ko’rsatishi lozim. O’quvchida mehnatga munosabatni turg’un shakklanishi uchun berilayotgan ta’lim mazmunini bilishi, ma’lumotlarni qunt bilan eshitishi, ko’rishi kerak. Mehnat darsidan keyingi mehnat darsigacha yangidan yangi bilim va ko’nikmalarning o’quvchilar ongida mujassamlashib borishi, ularning xotirlash doirasini kengayib borishiga da’vat etadi va mehnat turlariga bo’lgan munosabatlarni yanada oshiradi.
Mehnatga munosabatni shakllantirishda emostional jarayonlar ham xarakterlidir. Bolalarni qiyinchiliklarni yengishga, qo’yilgan maqsadga erishish yo’lida matonat va qat’iyat bilan kirishishga, boshlagan ishni chala tashlab ketmay, balki oxiriga yetkazishga o’rgatish lozim. Bu o’rinda ijobiy emotsiyalar: mehnatdan quvonish, lazzatlanish va qoniqish hissiyotlarining namoyon bo’lishi juda muhimdir. Mehnatda turli psixologik holatlar: faollik, diqqatning
jamlanishi, qiziqish, mustaqil fikr yuritish, qoniqmaslik kabi tuyg`ular namoyon bo’ladi.


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:


  1. Texnologiya va uni o`qitish metodikasi fanining asosiy maqsadini izohlab bering.

  2. Boshlang`ich sinfda texnologiya fanining fan sifatida o`z oldiga qo`ygan vazifalari qaysilar? Misollar asosida tushuntiring.

  3. Texnologiya fanini o’qitishda qanday metodik yondashuv mavjud?.

  4. Boshlang`ich sinf o’quvchilarida mehnatga munosabatni shakllantirishning mazmun-mohiyatini tushuntirib bering.

  5. Boshlang’ich sinf texnologiya fani elementlarini izohlab bering.




  1. Download 5.9 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling