1-modul. Texnologiya va uni o‘qitish


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 5.9 Mb.
bet7/47
Sana03.11.2023
Hajmi5.9 Mb.
#1742658
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47
Bog'liq
Texnologiya 7-8-semestr ma\'ruzalar

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar:


  1. Ta’lim usuli deganda nima nazarda tutiladi?

  2. Boshlang`ich sinflarda texnologiya ta’limi mavzulari o`zaro aloqador degan fikr mohiyatini izohlang.

  3. Sizningcha, texnologiya ta’limi asoslari qaysi davrlardan boshlangan?

  4. Boshlang`ich sinflarda texnologiya darsining olib borilishi kelajak uchun nima beradi?

  5. Ta’limda «Eskini tubdan buzib tamoman yangini bunyod qilish» rejasi asosida qaysi mafkura ish ko`rdi vа nega?

  6. Boshlang`ich sinflarda texnologiya kursi tuzilishining o`ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

  7. Boshlang`ich sinflarda texnologiya kursi tuzilishining o`ziga xos mazmunini misollar asosida izohlang.

  8. Boshlang`ich sinflarda texnologiya kursi materiallarini o`rganishdagi uzviylikning boisi nimada?



5-MAVZU.TEXNOLOGIYA TA’LIMINING SHAKL VA METODLARI


Reja:

1.Boshlang‘ich sinflarda texnologiya fanining shakl va usullari.


2.Metod tushunchalari, uning turlari.

  1. O‘quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi va ular orasidagi bog‘liqlik.

  2. O‘quvchilarni mustaqil ishlashga o’rgatishning shakl va usullari, didaktik materiallardan foydalanish metodlari.

Mavzuga oid tayanch tushunchalar:


Boshlang`ich sinfda mehnat shakl va usullari, metod, metod turlari, boshlang`ich sinfda mehnatga o`rgatish metodlari, o`quv bilish faoliyatini tashkil qilish metodi, metodlararo bog`liqlik, o`quvchilarni mustaqil ishlarga o`rgatish, didaktik ko`rgazmalar yasash metodlari.
Ilmiy-texnik tafakkurning borgan sari o’sishi va yoshlarning fan- texnikaning jo’shqin rivojlanishida faol ishtirok etishlari faqat ta’lim mazmunini emas, balki o’qitish jarayonining usul va shaklini to’g’ri tashkil etilishini, o’qishga qiziqishni, ijodiy qobiliyatni, egallangan bilimlarni amalda ijodiy qo’llay bilishni rivojlantirish maqsadlarida yanada takomillashtirishni ham talab qiladi. “Bu esa maktab zimmasiga yoshlarda ijodga ehtiyoj uyg`otish, ijodiy qobiliyatlar, har qanday faoliyatga ijodiy yondashish asoslarini tarkib toptirish, ijodiy masalalarni mustaqil hal etishga o’rgatish vazifasini yuklaydi”.
Boshlang`ich sinfda mehnat shakli turli-tuman bo’lib, ularni shartli ravishda boshlang’ich mehnat shaklining quyidagi shakllariga ajratish mumkin:



turli mаtеriаllarni to`plаsh, ularga ishlov berish vа sаqlаshga oid mehnat

qog’oz, karton, tolali materiallar plastik massa, lentalar

Tеvаrak-аtrоfni muhоfаzа qilishga oid mehnat

sinf burchagida “jonli tabiat” yaratish, ekinzor tashkil etish, sabzavotlar o’stirish, gulxona
yaratish

turli tаbiiy mаtеriаllargа аsbоblar
va ish qurollari bilan ishlоv bеrishga oid mehnat

daraxt barglari, novda, qamish,
poxol, g’o’za chanoqlari, yong’oq qumni to’plash.

mustаqil ravishda ijоdkоrlik qоbiliyatlarini o`stirishga oid mehnat

o’z uyida gullar parvarishlash, mevali daraxtlar ekish, turli hunarmandchilik sirlarini
o’zlashtirish.

obrаzlar, pеrsоnаjlar, o`yinchоqlarni yarаtishga oid mehnat.

tabiiy va sun’iy tolalarda o’yinchoqlar tikish, “pape mashe” qog’ozlar vositasida
yasash.

Mazkur shakllar o’quvchilarda mehnatning :



  1. Qоg`оz vа kаrtоn bilаn ishlаsh;

  2. Gаzlаmа bilаn ishlаsh;

  3. Turli mаtеriаllar bilаn ishlаsh;

  4. Tехnik mоdеllаshtirish;

  5. Qishlоq хo`jаligi mеhnаti turlari bo’yicha bilim, malaka va ko’nikma hosil qilishga da’vat etadi

Boshlang’ich sinflarda texnologiya fanini amalga oshirib borishda boshqa predmetlarni o’rgatishda bo’lganidek, o’qitishning xilma-xil metodlari qo’llanilib, o’qitishning xilma-xil metodlari qo’llanilib, o’quvchilarning texnologiyaga bo’lgan qiziquvchanligini va ziyrakligini oshirib boradi. Ma’lum mavzu doirasadagi bilimlarini amalga qo’llay olish usullarini o’rgatadi. O’qitish metodi qisqa vaqt mobaynida o’quvchilarga ko’proq bilim berishni o’ziga maqsad qilib oladi.
Bitta darsning o’zida o’qitishning turli usullari qo’llanishi mumkin. O`qituvchining intilishi, xatti-harakati darsda o’quvchilarning diqqat-e’tiborlari susaymasligiga, fikrlarining jamlangan bo’lishiga, ularning charchamasliklari va zerikmasliklariga yo’llangan bo’lishi kerak.
Didaktik jarayon tuzilmasiga ko’ra ta’lim metodlari 3 guruhga bo’linadi:

  1. O’quv-bilish faoliyatini tashkil etish va bajarish metodlari;

  2. O’quv- bilish faoliyatini rag’batlantirish va motivlash metodlari;

  3. Nazorat va o’z-o’zini nazorat (boshqarish) qilish metodlari.




Download 5.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling