1 modul: Turkiy tillarning umumiy xususiyatlari. Reja


Download 357.93 Kb.
bet33/53
Sana30.01.2024
Hajmi357.93 Kb.
#1817300
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53
Bog'liq
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi-fayllar.org

2) – qar // -g’ar //- xar // -ar. Oltoy. Minaar (bu yoqqa),anaar ( u yoqqa);xakas. chog’ar (yuqoriga), tasxar (tashqariga),iskar(ichkariga) .
3) – qa// - g’a// - xa. Qirg’. qo’miq. alg’a, no’g’ay. tisxa; karaim. boshxa (bekorga) .
4) – a. turk. so’la,ozarb. so’la (chapga) , sag’a (o’nga ); gagauz. yiraa;
5) egalik qo’shimchasi + a –ga// -ka// -qa. O’zb. ko’tarasiga; turkm. agshamlarina; azer.turk. bashina.
6) negiz – cha + sina // - siga. Turk. yiggitchesine, delijesine ( telbalarcha); uyg’ur. yengichisiga.
O’rin-payt kelishigi. – da// - ta// - na// - ra. Qirg’.oltoy,xakas. tunde,tushto’;
O’rin – payt bildiruvchi so’zlar + qi // - g’i // - xi + da: ozarb. karaim: ashag’ida
(pastda); tatar. yaskita (yozda).
Chiqish kelishigi. – dan // - den// -tan// - ten. No’g’ay. erteden,qirg’. bayatan, muruntan,boshq. tat. bashtan; boshq. yashirtin(yashirin); oltoy. ichkertin.
Shuningdek, maxsus yasovchilar orqali ham yasalgan: yozin- qishin, turk. dostcha, ozarb. do’stja, boshq. duztarsa, turkm. dirileyin,qoz. balasha,qirg’. butundoy, qurulay.
Fe’l xususiyatiga ega bo’lgan ravishlar asosan fe’lning –a, - y ravishdosh shakli bilan hosil bo’lgan. O’zb. ertalab, tat. arkinlap ( asta), qirg’. o’to’, xakas. paza (bos- a),oltoy. o’zo ( o’z//o’s – oldin). Shuningdek, - t buyruq - istak mayli qo’shimchasi ham qo’shilgan: tat. qo’rilata ( quruqlay), boshq. tirilata, qor.q. jazlata.
Analitik usulda yasalgan ravishlar. Ravishlar turkiy tillarda ham tuzilishiga ko’ra qo’shma, juft,takror holda qo’llanadi:
1) izofali birikmalardan hosil bo’lgan qo’shma ravishlar: ozar. axsham vaqti,turk. ertesi gun, o’zb. dam olish kunlari ;
2) aniqlovchi-aniqlanmish munosabatidan hosil bo’lgan qo’shma ravishlar: boshq. yalan ayak, turk. evvelki gun, gag. burnagi kun;
3) son,olmosh + ot tipidagi qo’shma ravishlar:qirg’.qoz. bir joli, turk. bir gun, o’zb. har kuni;
4) ko’makchili murakkab ravishlar: o’zb. bir kunmas bir kun, turk. go’z achip kapayinjaya deyin,qirg’. kundordun bir kun;
5) takror va juft ravishlar:
a) aynan takror: o’zb. tez-tez, turk,ozar. yavash-yavash,zaman-zaman,uyg’ur. pora- pora,boshq. kat-kat,no’g’y. basqa-basqa.
b) birinchi komponenti bosh kelishikda ikkinchi komponenti boshqa kelishikdagi so’zlar takrori: turk. bir-birden, no’g’ay. o’mir-o’mirga,o’zb. oz-ozdan.
v) har ikkala qismi kelishikli: qirg’. jildan-jilg’a, o’zb. kundan-kunga.
g) - ba // - ma bog’lovchisi orqali takrorlangan ravishlar: qoz. juzbe – juz, turkm. gunbe –gun,tat. bashma-bash.
j) antonim so’zlar: turkm. azdan-kopdan, uyg’. ilgeri – keyin,o’zb. achin- to’qin.
z) payt qismlari takrori: qo’moq. erten-axsham, turkm. ir-gich,turk. geje-gunduz.
d) birinchi komponenti to’liq,ikkinchi komponenti birinchi komponentdan shakllangan juft ravishlar: o’zb. sal-pal, boshq. qiyiq-miyiq,qirg’. az-maz.
e) turli sifatdosh shakllaridan tuzilgan ravishlar: ozarb. turk. ister-istemez,no’g’ay to’yar-to’ymas, o’zb. bilinar-bilinmas.
Turkiy tillarda ravishlar quyidagi ma’noviy guruhlarga bo’linadi:
1. Holat ravishi.Harakatning bajarilish yoki bajarilmaslik holatini aniqlab keladi: turk. etraflija, o’zb. odatdagicha.
2. O’rin ravishi ish- harakatning bajarilish o’rnini ko’rsatadi:qoz. qirg’. onda,solda, q.q. tisqa, qirg’. tishqari,o’zb. ichkari.
3. Payt ravishi ish –harakatning bajarilish paytini bildiradi. Barcha turkiy tillar uchun xos. o’zb. ilgari, turk. turkm. ileri, gagauz. saba, turk. sabah,yarin,xakas. purun, ozar. turk. duni.
4. Miqdor- daraja ravishlari ish-harakatning bajarilishi bilan bog’liq miqdorni anglatadi.Barcha turkiy tillarda mavjud: qoz. top-tobimen,no’g’ay. yalg’iz-ylg’izdan,turk. az-az.
5.Maqsad ravishi ish-harakatning bajarilishida ko’zda turilgan maqsadni bildiradi. O’zbek tilidan boshqa turkiy tillarda uchramaydi: atayin, qasddan.

Download 357.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling