1 modul: Turkiy tillarning umumiy xususiyatlari. Reja
Download 357.93 Kb.
|
Turkiy tillarning qiyosiy-tarixiy grammatikasi-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11 - modul: Turkiy tillarda ravish so’z turkumi. Reja
Savol va topshiriqlar:
1. Turkiy tillarda olmoshlar qanday shakllarda taraqqiy etganligi haqida so’zlang. 2. Ko’rsatish olmoshlari haqida gapiring. 3. Gumon olmoshlari qanday shakllarda qo’llangan? 4. Ko’rsatish olmoshlarining etimologiyasi haqida gapiring. 5. O’zlik olmoshi shakllarini ayting? 6. Barcha turkiy tillarda birdek qo’llanadigan olmoshlarga misollar keltiring. 7. So’roq olmoshlari qanday shakllarda qo’llangan? 11 - modul: Turkiy tillarda ravish so’z turkumi. Reja: 1. Turkiy tillarda ravish so’z turkumining ifodalanishi. 2. Ravishning o’ziga xos morfologik xususiyatlari. 3. Ravishlarning yasalishi. Tayanch so’z va iboralar: nutqiy vaziyat, turkiy bobotil, ravish, harakatning belgisi,belgining belgisi,ot xususiyatiga ega ravishlar, fe’l xususiyatiga ega ravishlar, analitik usul, sintetik usul,ravishning semantik strukturasi. Ma’lumki, ravish harakatning,belgining belgisini bildirib keladigan mustaqil so’z turkumi.Ravishlar,odatda,fe’lga yoki predikativlik vazifasida kelgan sifat va ravishlarga bog’lanib keladi.Fe’lga bog’langanda fe’ldan anglashilgan haraqatning bajarilish jarayonini,paytini,o’rnini,sababini,maqsadini,holatini,sifat yo ravishlarga bog’amganda esa ulardagi belgining darajasini ko’rsatib keladi.41 Turkiy tillardagi, shu jumladan, o’zbek tilidagi ravishlarning bir gruppasini boshqa so’z turkumlaridan ajrab chiqqan so’zlar tashkil etadi.Ravishlarning boshqa so’z turkumlaridan ajrab chiqishi ma’lum tarixiy davrlarda har xil yo’llar bilan yuzaga kelgan.Masalan, hozirgi ichkari,tashqari tipidagi so’zlaridagi – qari // -kari elementlari tarixan jonalish kelishigi affiksi bo’lgan. Kech,kecha,erta kabi payt bildiruvchi so’zlar esa qo’llanish o’rniga qarab ravish ma’nosini ham ifodalaydi.42 Ravishlar ot va fe’ldan farqli o’laroq,o’z maxsus so’z o’zgartiruvchi shakllarga ega emas.Ular morfologik xususiyatlarga ko’ra maxsus so’z yasovchi affikslar va daraja ko’rsatkichlarga ega.To’g’ri,ravishlar tarkibida ko’p hollarda so’z o’zgartiruvchi shakllar bo’lishi mumkin,lekin bu shakllar “qotib qolgan”,o’z jonli grammatik ma’nolarini saqlamagan,turlash yo tuslanish xususiyatini yo’qotgan, paradigma hosil qila olmaydigan qo’shimchaga aylanib qolgan. Masalan: o’zb. kunduzi,kuni,kechasi; turk,azarb. dunumuz,yarinimiz, bugunumuz; tatar. birvaqitta,birvaqitni; qozoq.shalqangnan,shalqansha; uyg’ur. etidin, kechgach. Ravishlarning morfologik xususiyatlari haqida gapirganda yana shuni aytish kerakki,ayrim adabiyotlarda ravishning umuman maxsus morfologik belgisi yo’qligi, ravishlardagi yasalish, daraja anglatish xususiyati ham boshqa turkumlarda mavjud bo’lgan universal holat ekanligi ta’kidlanadi. Hozirgi turkiy tillarda ravish sifatida beriladigan so’zlarning yasalishi va morfologik tarkibiga nazar tashlasak, ma’lum darajada bu fikrlarni e’tirof etish mumkin. Masalan, azarbayjon. indija (hozir),daha ashag’i (pastda), do’g’rudan, do’g’ruya; boshqird. bayarak, ip-irta;gagauz. azar-azar,(oz-oz),shimdijik(shu payt),chabujak (birdan);qirg’iz. arirak,kiyinrak; turk. deminjek(hozir),arayikta(u yerda),chap-chabuk(tezda); o’zb. nariroqda, eng oldin. Qadimturkiy tilda ham harakatning belgilarini ko’rsatuvchi ravishlar bo’lgan,lekin kam bo’lgan.Hozirgi turkiy tillardagi ravishlarning deyarli ko’p qismi turkiy tillar taraqqiyotining keyingi bosqichlarida turli shakllarda: tub,juft, qo’shma so’zlar shaklida, turlovchi, tuslovchi qo’shimchalar, turli fe’l shakllari va dаraja ko’rsatkichlarini olgan shaklda ot, sifat va fe’llardan ravishlar tomon siljigan hamda grammatik va semantik xususiyatlarida ham o’zgarishlar yuz bera boshlagan. Lekin bu jarayon juda uzoq, asta-sekinlik bilan,darhol sezilmaydigan darajada davom etgan. Lekin bu o’tish davri birdaniga boshlang’ich va so’ngi bosqichiga emas,balki qandaydir oraliq bosqichiga ham ega.O’tish davrining ayni shu bosqichida ayrim so’zlarning ot yo ravish,sifat yo ravish paradigmatik qatorini saqlagan yo saqlamaganligi,ularning qaysi turkumga xosligini aniqlash qiyin bo’lgan.43 Masalan, gagauz,turk: burasi(bu yerda),orasi(u yerda),neresi,nerede(qayerda); ozarbayjon: sahar,axsham (sutkaning qismi sifatida ot, payt bildirish jihatidan ravish); tatar: ko’rilay(quruqlay). Ana shu xususiyatlariga ko’ra ravishlarni bir tomondan,tarkibiga ko’ra,ikkinchi tomondan, mazmuniga ko’ra ( semantik farqlanishi,turlari) qiyoslashga to’g’ri keladi. Ravishlarning yasalishi. Ravishlar tarkibiga ko’ra sodda,qo’shma,juft va murakkab bo’ladi.Qadimturkiy tilda sof ravishlar deyarli bo’lmagan,shuning uchun hozirgi turkiy tilladagi hamma ravishlarni so’z yasashning turli usullari orqali ot (keng ma’noda) va fe’llardan kelib chiqqan deyish mumkin.Shunga ko’ra turkiy tillar qiyosiga bag’ishlangan tadqiqotlarda yasama ravishlar oldin ot ravishlarga va fe’l ravishlarga ajratiladi hamda ravishlarning yasalishi shunga ko’ra tahlil etiladi. Ot xususiyatiga ega bo’lgan ravishlar. Bunday ravishlar ot negizlarga so’z o’zgartiruvchi, shakl yasovchi, so’z yasovchi qo’shimchalarni qo’shish orqali hosil bo’lgan. Bosh kelishik shaklidagi ravishlar. O’zb. jim, qirg’. tim,turkm.chuvash. ir (erta). Bosh kelishik shaklidagi adverbal ravishlarning ko’pchilik qismini asosan III shaxs birlik va ko’plikdagi payt bildiruvchi so’zlar tashkil qiladi.Qiyoslang: ozarb. duni, yazi,ertesi,danlasi,bildirrari(bulturlari); qirg’. tundoru, tundo’su, ertesi, jayindasi (yozi); tat.,turk, turkm. akshamlari; turk, tat, sabahlari; o’zb. kechasi avvallari. Ozarbayjon, turk, o’zbek, uyg’ur, qisman boshqird tillarida ravishlarning ma’lum qismini arab va fors-tojik tilidan olingan so’zlar tashkil etadi.Masalan, ozar.,uyg’. adeten,tahminan,g’ayat, hazir;turk. nasran. Qaratqich kelishigi shaklidagi ravishlar. Bu shakldagi ravishlar hozirgi turkiy tillarda kam,xakas va tuva tillarida uchraydi: xunnung,angnar (har kuni). Tushum kelishigi shaklidagi ravishlar. Bu shakldagi ravishlar turkiy tillar uchun xos emas.Chunki turkiy tillarda tushum kelishigi shaklidagi so’z hol emas, to’ldiruvchi vazifasiga xoslangan.Bu slavyan tillari ta’sirida kelib chiqqan: boshq. kechxurunnu (kechqurun),bu vaxtni ( bu vaqt); qorachoy-balqar. bugunnu, tatar. bir vakitni( bir vaqt). Jo’nalish kelishigi. Qadimgi turkiy tilda shu kelishik ma’nosini hosil qiluvchi qo’shimchalarni ham hisobga olganda,ravish hosil qilishning barcha turkiy tillarda eng keng tarqalgan turi deyish mumkin. 1) –g’ari //- garu //- qari // - qaru // - ari // - aru. Turkm.,karaim,gagauz: ileri; qoz.,qirg’. ilgeri; turk. dishari, qorachoy-balqar, tishxari,qoz.,qirg’.sirtqari,uyg’ur. ishkiri,qoz. ishkeri; shor. minaru (bu yoqqa). Download 357.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling