O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 17 noyabrdagi "Xunarmandchilikni yanada rivojlantirish va xunarmandlarni xar tomonlama qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘grisida" PF-5242-son Farmonining ijrosini ta’minlash hamda “Xunarmand” uyushmasi tashkiliy tuzilmasini optimallashtirish asosida uning faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish maksadida:
1. Quyidagilar “Xunarmand” uyushmasi faoliyatining ustuvor yunalishlari etib belgilansin:
birinchidan, xunarmandchilikni yanada rivojlantirish, xalq xunarmandchiligi va amaliy san’atning an’anaviy turlarini saqlash va qayta tiklash, xunarmandchilik maxsulotlarining raqobatdoshligini va sifatini oshirish buyicha tizimli va maqsadli chora-tadbirlarni amalga oshirish;
ikkinchidan, axolini xunarmandchilik faoliyatiga keng jalb etish, xunarmandchilik soxasida bandlikni kengaytirish uchun kulay shart-sharoitlar yaratish, xunarmandlarni davlat ruyxatiga olishda ko‘maklashish, xunarmandchilik faoliyati bilan shugullanuvchi shaxslarning yagona reestrini yuritish;
uchinchidan, xunarmadchilik soxasidagi konunchilik va me’yoriy-xukukiy bazani takomillashtirish, xunarmandlarning xuquqlari, erkinliyulari va qonuniy manfaatlarini ximoya qilishda ishtirok etish, shu jumladan Uzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan xamkorlikda davlat organlarida xunarmandlarning manfaatlarini ifodalash bo‘yicha takliflar ishlab chikish;
turtinchidan, xunarmandchilikni rivojlantirish buyicha loyixalarni amalga oshirishda ishtirok etish, xunarmandchilikni rivojlantirish markazlarini tashkil etish va takomillashtirish, sayyoxlar uchun jozibador bo‘lgan xunarmandchilik ob’ektlari yaratish;
beshinchidan, xunarmandchilik maxsulotlarini keng jamoatchilik orasida ommalashtirish, iste’molchilarga xunarmandchilik maxsulotlarini sotish, jumladan ularni eksport kilishni rag‘batlantirish, uchun kulay shart- sharoit va zarur infratuzilmani yaratish;
Do'stlaringiz bilan baham: |