1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar


Download 1.01 Mb.
bet101/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

14700 Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar
14701 Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14705 Hukumatga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 14701 — “Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar” va 12305 — “Hukumatga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 14799 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Hukumatga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga, uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling