14405 Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: asosiy shartlari qayta ko‘rib chiqilgan shartnoma va unga doir qo‘shimcha bitimga muvofiq o‘zgartirilgan, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida taqdim etilgan uzoq muddatli kreditlarning (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalarning) hisobi.
Hisobvaraqning debetida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida tadbirkorlik subyektlariga taqdim etilgan, qayta tasniflangan va mazkur hisobvaraqqa 14401 — “Jismoniy shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida taqdim etilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14402 — “Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxs tashkil etmagan yakka tartibdagi tadbirkorlarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14403 — “Tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarga Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 12805 — “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida so‘ndirilgan, qayta tasniflangan va/yoki 14499 — “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida taqdim etilgan uzoq muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv)” hisobvarag‘idan ehtimoliy zararlar zaxirasi hisobidan hisobdan chiqarilgan kreditlar summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
14499 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirilmasligi mumkin bo‘lgan, Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi ko‘magida berilgan uzoq muddatli kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalarning) bo‘yicha ehtimoliy yo‘qotishlarni qoplashga zaxiralarning hisobi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxira summasining oshirilishi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxira summasining bekor qilinishi va/yoki kamayishi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |