15105 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan davlat korxona, aksiyadorlik jamiyatlari tashkilot va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan, 15101 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15104 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar” va 12705 — “Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va davlat korxona, tashkilot va muassasalariga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15199 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15199 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, davlat korxona, aksiyadorlik jamiyatlari, tashkilot va muassasalariga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |