15399 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15400 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15401 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yildan ortiq muddatga bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga, shu jumladan mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va lizing kompaniyalariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15405 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga, shu jumladan mikrokredit tashkilotlari, lombardlar va lizing kompaniyalariga berilgan o‘rta muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 15401-“Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” va 13205-“Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15499-“Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan chiqarilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |