15300 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
15301 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanasidan boshlab 1 yildan ortiq muddatga chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15304 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kredit va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15305 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 15301 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15304 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar” va 12905 — “Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan va chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan, qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira hisobidan 15399 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvarag‘idan chiqarilgan chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarga berilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |