1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Bankning boshqa xususiy mulklari (kontr-aktiv)


Download 1.01 Mb.
bet140/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

16799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Bankning boshqa xususiy mulklari (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa xususiy mulklar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mulkning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
16800 — Muddati uzaytirilgan debitor qarzdorlik
16803 — Bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun sotilgan bankning aktivlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bo‘lib-bo‘lib to‘lanadigan bankning aktivlari hisobi.
Hisobvaraqning debetida 16701 — “Kredit va lizing bo‘yicha garov hisobidan undirilgan mulk”, 16703 — “Kredit va lizing bo‘yicha undirilgan tugatilayotgan bankrot korxonalar mulki”, 16705 — “Bankning boshqa mulklari” hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan mulkning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bo‘lib-bo‘lib to‘lashga sotilgan bank aktivlarining to‘langan qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir obyekt (mulk) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
16899 — Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Muddati uzaytirilgan debitor qarzdorlik (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: muddati uzaytirilgan bankning debitor qarzdorligi bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob mulkning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
(III-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 16800, 16803, 16899 -hisobvaraqlar bilan to‘ldirilgan— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling