1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Oldindan to‘langan xarajatlar


Download 1.01 Mb.
bet148/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

19925 Oldindan to‘langan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning kelgusi davr foydasi hisobiga oldindan to‘langan (1 yildan ortiq bo‘lmagan) xarajatlari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida bankning kelgusi davr foydasi hisobiga oldindan to‘langan xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqnnng kreditida qaysi davrga taalluqli bo‘lsa, o‘sha davrning joriy xarajatlariga o‘tkazilgan, xarajatlarning amalda qoplangan summasi, shuningdek hisoblangan amortizatsiya summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xarajatlar turi va har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19929 Boshqa muddati uzaytirilgan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: joriy davrda oldindan to‘langan, lekin kelgusi (1 yildan ortiq) davr xarajatlari hisoblanadigan va qabul qilinadigan xarajatlar hisobga olinadi. Bunga ijara bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, nashrlarga obuna to‘lovlari hamda mulk sug‘urtasi to‘lovlari va h.k. kiradi.
Hisobvaraqning debetida bankning oldindan to‘langan kelgusi davr xarajatlari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida oldindan to‘langan mablag‘larning xarajatlar hisobvaraqlariga debetlash orqali amortizatsiya qilingan qismining summasi, shuningdek ularning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xarajatlar turi va har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19931 Muddati uzaytirilgan soliqlar
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zbekiston Respublikasi budjetiga va budjetdan tashqari fondlariga oddindan bo‘nak tariqasida to‘langan soliqlar, yig‘imlar, ajratmalar hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqda muddati uzaytirilgan soliq talablarining ham hisobi yuritiladi. Muddati uzaytirilgan soliq talablari bu — joriy davrning soliqqa tortiladigan daromadi(foydasi)ga kiritilib, vaqtinchalik farqlar mavjud bo‘lgani sababli kelgusi davrda qoplanadigan, lekin kelgusi davr soliqqa tortiladigan daromad(foyda)ni aniqlashda Chetirib tashlanadigan daromad(foyda) solig‘idir. Bu — buxgalteriya balansidagi foyda bilan soliqqa tortiladigan foyda o‘rtasidagi farqdir.
Hisobvaraqning debetida oldindan to‘langan soliqlar va soliq talablari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida xarajatlarning mos hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob soliq, yig‘im, ajratmalarning har bir turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling