19941 Tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lari hisobga olinadi.
Hisobvaraqning debetida tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan, ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi mablag‘lari hisobidan yoki boshqa aktivlar bilan qoplangan tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklarning mablag‘lari summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19945 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Tugatilgan yoki tugatilish jarayonida bo‘lgan banklardagi mablag‘lar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan, tugatilgan bank yoki tugatilayotgan banklardagi undirilmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan mablag‘lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning bekor qilingan va/yoki kamayish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bank bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19949 Muzlatilgan aktivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: boshqa banklarda bo‘lgan, lekin ba’zi huquqiy va siyosiy sabablarga ko‘ra foydalanishga qisman yoki umuman ruxsat bo‘lmagan bank aktivlarining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa banklarda bo‘lgan, lekin ba’zi huquqiy va siyosiy sabablarga ko‘ra foydalanishga qisman yoki umuman ruxsat bo‘lmagan bank aktivlarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankka qaytarilgan aktivlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir harakatsiz aktiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
19983 “Uz-to`lov” to‘lov tizimidagi olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
Hisobvaraqning ta’rifi: “Uz-to`lov” to‘lov tizimidagi hisob-kitoblar uchun bank mablag‘lari hisobini yuritish.
Hisobvaraqning debetida “Uz-to`lov” to‘lov tizimidagi xizmatlar yetkazib beruvchilarga o‘tkaziladigan mablag‘lar summasi, shuningdek bankning daromadlari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida “Uz-to`lov” to‘lov tizimidagi belgilangan tartibda yetkazib beruvchilar xizmatlari uchun kelib tushgan to‘lovlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kassir-operator bo‘yicha har bir boshqa bank va har bir tashqi operator, shuningdek har bir xizmatlar yetkazib beruvchilarga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |