20203 Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjeti hisobidan tashkil etilgan budjet tashkilotlarining joriy maqsadlarda foydalanadigan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Respublika budjeti hisobidan tashkil etilgan budjet tashkilotlarining talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Respublika budjeti hisobidan tashkil etilgan budjet tashkilotlarining talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20204 Mahalliy budjet karamog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: mahalliy (tuman/shahar viloyat yoki Qoraqalpog‘iston Respublikasi) budjet hisobidagi budjet tashkilotlarining joriy maqsadlarda foydalaniladigan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida mahalliy budjet hisobidagi budjet tashkilotlarining talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida mahalliy budjet hisobidagi budjet tashkilotlarining talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20205 Budjetdan tashqari jamg‘armalarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: konsolidatsiyalashgan davlat budjetiga kiritiladigan va ma’lum maqsadlar uchun hukumatning qarori farmoyishiga muvofiq tashkil etilgan budjetdan tashqari jamg‘armalarning mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ko‘zda tutilgan xarajatlar nizomi bo‘yicha hisobdan chiqariladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir jamg‘arma bo‘yicha, har bir jamg‘arma ichida esa har bir faoliyat turi bo‘yicha alohida olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |