1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Boshqa mijozlarning jamg‘arma depozitlari


Download 1.01 Mb.
bet160/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

20496 Boshqa mijozlarning jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan mijozlarning ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa mijozlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa mijozlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20600 Muddatli depozitlar
20602 Hukumatning budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: hukumat(Moliya vazirligi)ning qat’iy kelishilgan muddatga foizlar hisoblanishi sharti bilan qo‘yilgan budjetdan tashqari mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida hukumatning muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida hukumatning muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20603 Respublika qaramog‘idagi budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: Respublika budjeti hisobiga tashkil etilgan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha qat’iy o‘rnatilgan muddatga foizlar hisoblanishi sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida Respublika budjeti hisobiga tashkil etilgan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida Respublika budjeti hisobiga tashkil etilgan budjet tashkilotlarining budjetdan tashqari mablag‘lari bo‘yicha muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling