1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning muddatli depozitlari


Download 1.01 Mb.
bet163/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

20614 Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning qat’iy o‘rnatilgan muddatga foizlar hisoblanish sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20616 Bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning, shu jumladan mikrokredit tashkilotlari, lombard va lizing kompaniyalarining qat’iy o‘rnatilgan muddatta foizlar hisoblanish sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida bank bo‘lmagan moliyaviy muassasalarning muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20618 Yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaligining qat’iy o‘rnatilgan muddatga foizlar hisoblanish sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida yakka tartibdagi tadbirkorlarning muddatli depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling