1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Boshqa mijozlarning muddatli depozitlari


Download 1.01 Mb.
bet164/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

20696 Boshqa mijozlarning muddatli depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan mijozlarning qat’iy o‘rnatilgan muddatga foizlar hisoblanish sharti bilan qo‘yilgan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida boshqa mijozlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida boshqa mijozlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20800 O‘zRMBiga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar
20802 O‘zRMBning vakillik hisobvarag‘iga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Vostro
Hisobvaraqning ta’rifi: O‘zRMBning tijorat banklarida ochilgan vakillik hisobvarag‘idagi mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida O‘zRMB vakillik hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida O‘zRMB vakillik hisobvarag‘idan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.
20806 O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘iga to‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro, overdraft
Hisobvaraqning ta’rifi: ilgari mavjud bo‘lgan debet saldodan to‘lovni amalga oshirishdagi summaning oshib ketishi natijasida aktiv 10301 — “O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro” hisobvarag‘ida paydo bo‘lgan kredit qoldiq hisobga olinadi.
Hisobvaraqning kreditida 10301 — “O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro” hisobvaraqda paydo bo‘lgan kredit qoldiq summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 10301 — “O‘zRMBdagi vakillik hisobvarag‘idan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Nostro” hisobvaraqqa mablag‘lar kelib tushganda kredit qoldiqni qoplash summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bitta shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling