1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning jamg‘arma depozitlari


Download 1.01 Mb.
bet158/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

20408 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: xususiy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari, to‘liq va kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli va aksiyadorlik jamiyatlarining ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20410 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat aksiyadorlik jamiyatlari, korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalarining jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
20412 Nodavlat notijorat tashkilotlarning jamg‘arma depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: nodavlat notijorat tashkilotlarning ma’lum maqsad uchun foizlar hisoblanishi bilan jamg‘ariladigan mablag‘lari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida nodavlat notijorat tashkilotlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida nodavlat notijorat tashkilotlarning jamg‘arma depozit hisobvaraqlaridan hisobdan chiqarilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling