22630 Mahalliy budjetdan moliyalashtirilayotgan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlangan ijtimoiy nafaqalar mablag‘lari.
Hisobvaraqning ta’rifi: qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy budjetdan moliyalashtirilayotgan, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan tayinlangan ijtimoiy nafaqalar mablag‘lari hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning kreditida mahalliy budjetlardan nafaqalarni to‘lash uchun kelib tushgan maqsadli moliyalashtirish mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 29848 balans hisobvarag‘iga belgilangan tartibda o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob ijtimoiy nafaqalarning turlari bo‘yicha har bir fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi
22632 Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, naqd pul bilan beriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar uchun mablag‘lar.
Hisobvaraqning ta’rifi: Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘linmalari tomonidan moliyalashtiriladigan, pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlar uchun naqd pul bilan beriladigan mablag‘larning hisobi.
Hisobvaraqning krediti bo‘yicha naqd pul bilan beriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarni to‘lash uchun kelib tushgan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debeti bo‘yicha naqd pul bilan beriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lovlarning haqiqatda to‘langan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boshqa to‘lov turlari bo‘yicha alohida yuritiladi.
22634 Tabiiy gaz uchun kelib tushadigan pul mablag‘larini jamlash uchun yagona maxsus hisobvaraq.
Hisobvaraqning ta’rifi: iste’molchilardan tabiiy gaz uchun kelib tushgan va qonunchilikda belgilangan tartibda taqsimlanadigan mablag‘larning hisobi.
Hisobvaraqning kreditida iste’molchilardan tabiiy gaz uchun kelib tushgan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida qonunchilikda belgilangan tartibda o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir viloyat va tuman bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |