1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Mijozlarning akseptlar bo‘yicha majburiyatlari — Xorijiy


Download 1.01 Mb.
bet72/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

11705 Mijozlarning akseptlar bo‘yicha majburiyatlari — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: xalqaro savdo operatsiyalarini amalga oshirishda mijozlarga aksept shaklida berilgan muddatli veksel/trattalarning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida aksept shaklida berilgan veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida aksept shaklida to‘langan veksel/trattalarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob veksel/trattalarning muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
11800 REPO bitimlari bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11801 REPO bitimlari bo‘yicha O‘zRMBdan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11803 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa banklardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11805 REPO bitimlari bo‘yicha hukumatdan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11807 REPO bitimlari bo‘yicha jismoniy shaxslardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11809 REPO bitimlari bo‘yicha yakka tartibdagi tadbirkorlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11811 REPO bitimlari bo‘yicha davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalaridan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11813 REPO bitimlari bo‘yicha chet el kapitali ishtirokidagi korxonalardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11815 REPO bitimlari bo‘yicha xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
11897 REPO bitimlari bo‘yicha boshqa qarzdorlardan sotib olingan qimmatli qog‘ozlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: REPO bitimlari (qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuv) bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha sotib olingan qimmatli qog‘ozlarning qiymati, shuningdek kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotish narxi bilan kelishuvning birinchi qismi bo‘yicha qimmatli qog‘ozni sotib olish o‘rtasidagi farqning amortizatsiya summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlar to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismi bo‘yicha qaytadan sotilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati, shuningdek, qimmatli qog‘ozlarni qaytadan sotib olish sharti bilan tuzilgan oldi-sotdi bitimlari to‘g‘risidagi kelishuvning ikkinchi qismi bajarilmaganda, bank portfeliga o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir REPO kelishuvi bo‘yicha, shuningdek qimmatli qog‘ozlarning turi va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling