1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)


Download 1.01 Mb.
bet80/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

12599 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12600 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12601 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha yakka tartibdagi tadbirkorlarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12605 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yakka tartibdagi tadbirkorlarga va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli va uzoq muddatli kredit (shu jumladan mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan yakka tartibdagi tadbirkorlar va dehqon xo‘jaliklariga berilgan muddatida to‘lanmagan, qayta tasniflangan va 12601 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar”, 12609 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”, 15001 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 15005 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qarzdorlar tomonidan to‘langan, boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan va/yoki ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun zaxira 12699 — “Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha zararlarni qoplash zaxirasi” hisobvarag‘i hisobidan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling