12699 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan dehqon xo‘jaliklariga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan overdraft va boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12700 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12701 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraq ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan davlat korxona, aksiyadorlik jamiyatlari, tashkilot va muassasalariga kredit (maqomi bo‘yicha kreditlar bo‘lgan, overdraft va boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12704 Davlat korxonalari, tashkilotlari va muassasalariga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: davlat korxona, tashkilot va muassasalariga yoqilg‘i xomashyosini import qilish uchun taqdim etilgan sanadan boshlab 1 yil muddatga berilgan kreditlar (shu jumladan overdraft va mohiyatiga ko‘ra kredit hisoblangan boshqa operatsiyalar) hisobi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kredit summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan kredit va/yoki boshqa maqom bo‘yicha qayta tasniflangan kredit summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalari kesimida alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |