12109 Boshqa banklarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: kredit shartnomasi hamda unga qo‘shimcha kelishuvga muvofiq asosiy shartlari o‘zgartirilgan boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar hisoblangan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 12101 — “Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” va 12105 — “Boshqa banklarga berilgan muddati o‘tgan kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, boshqa banklarga berilgan, shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan, qayta tasniflangan va/yoki 12199 — “Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” hisobvarag‘i orqali hisobdan chiqarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12199 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar” (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kredit (shu jumladan, mohiyati bo‘yicha kreditlar hisoblangan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasining hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
12300 Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar
12301 Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar
Hisobvaraqning ta’rifi: berilgan sanadan boshlab 1 yil muddatgacha O‘zbekiston Respublikasi hukumatiga va uning vakolatli yoki ijroiya organlariga berilgan kredit (mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)larning hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qoplangan va/yoki kreditlarning boshqa maqomi bo‘yicha qayta tasniflangan kreditlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |