1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiya — Moliyaviy institutlar


Download 1.01 Mb.
bet117/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

15809 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiya — Moliyaviy institutlar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lgan, birgalikda nazorat qilinuvchi faoliyatga, birgalikda boshqariladigan xo‘jalik jamiyatlarining aktivlariga yoki xususiy kapitaliga qilingan investitsiya qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyaning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qo‘shgan holda summasi va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati hamda bankning birgalikda boshqariladigan xo‘jalik jamiyati foydasidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining oshish summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini ko‘paytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi, shuningdek bankning birgalikda boshqariladigan xo‘jalik jamiyati zararidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyaning kamayish va olinishi lozim bo‘lgan dividendlar summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini kamaytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut hisoblangan birgalikda boshqariluvchi xo‘jalik jamiyatlarining har biri bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15813 Birgalikdagi korxonalarga qilingan investitsiyalar — Boshqalar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lmagan, birgalikda nazorat qilinuvchi faoliyatga, birgalikda boshqariluvchi xo‘jalik jamiyatlarining aktivlariga yoki xususiy kapitaliga qilingan investitsiya qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyaning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qo‘shgan holda summasi va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati hamda bankning birgalikda boshqariladigan xo‘jalik jamiyati foydasidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining oshish summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini ko‘paytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi, shuningdek bankning birgalikda boshqariladigan xo‘jalik jamiyati zararidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining kamayish va olinishi lozim bo‘lgan dividendlar summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini kamaytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut hisoblanmagan birgalikda boshqariluvchi xo‘jalik jamiyatlarining har biri bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling