1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Moliyaviy institutlar


Download 1.01 Mb.
bet118/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

15817 Sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Moliyaviy institutlar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lgan sho‘ba xo‘jalik jamiyatlarining xususiy kapitaliga, shu jumladan ulushli qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiya qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiya qilingan mablag‘larning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qo‘shgan holda summasi (investorning sof aktivlardagi ulushining haqiqiy qiymatidan oshmagan summaga) va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan summa aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut bo‘lgan har bir sho‘ba xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15821 Sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Boshqalar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lmagan sho‘ba xo‘jalik jamiyatlarining xususiy kapitaliga, shu jumladan ulushli qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiya qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiya qilingan mablag‘larning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qo‘shgan holda summasi (investorning sof aktivlardagi ulushining haqiqiy qiymatidan oshmagan holda) va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut bo‘lmagan har bir sho‘ba xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15827 Tijorat banklari tomonidan strategik investorlarga korxonalarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotish
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat banklari tomonidan sotiladigan korxonalar, ularning ustav fondlaridagi ulushlar, avval taqdim qilingan kreditlarning qaytarilmasligi natijasida tijorat banklari mulkiga qabul qilingan ko‘chmas mulk obyektlari negizida yangidan tashkil etilgan korxonalar bo‘yicha sotib olish to‘lovlarini salohiyatli investorlar tomonidan bir yo‘la yoki sotib olish summasining qoldig‘iga foizlar hisoblamasdan bo‘lib-bo‘lib to‘lash, shuningdek sotib olish to‘lovlari to‘liq to‘langunga qadar tasarruf etish huquqisiz amalga oshirishning hisobi.
Hisobvaraqning debetida bo‘lib-bo‘lib to‘lashga realizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan korxonalarning qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bo‘lib-bo‘lib to‘lashga realizatsiya qilinayotgan korxonaning to‘langan qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob bo‘lib-bo‘lib to‘lashga realizatsiya qilish jarayonida turgan har bir korxona turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15899 — Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar (kontr-aktiv)
Hisobvaraq ta’rifi: ivestitsiya qadrsizlanishi natijasida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplashga yo‘naltirilgan mablag‘lar hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki hisobdan chiqarilgan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraq kreditida yaratilgan zaxira mablag‘larining va/yoki zaxiraning o‘sish summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda yuritiladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling