1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


— Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Lizing


Download 1.01 Mb.
bet115/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

15699 — Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Lizing
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan lizing bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida tashkil etilgan zaxira summasi va/yoki zaxiraning o‘sish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir lizing shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15700 Sud jarayonidagi kreditlar va lizing
15701 Yuridik shaxslarga berilgan Sud jarayonidagi kreditlar
15703 Jismoniy shaxslarga Sud jarayonidagi berilgan kreditlar
15705 Sud jarayonidagi lizing
15707 Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan sud jarayonidagi kreditlar
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi uchun ularning ta’rifi umumlashtirilib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: sud ishi qo‘zg‘atilgan kredit va lizing (shu jumladan, overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va sud jarayonida bo‘lganligi sababli asosiy kredit va lizing hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan kreditlar va lizing summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida undirib olingan va/yoki 15799-“Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Sud jarayonidagi kreditlar va lizing” hisobvarag‘idagi zaxiralar hisobidan qoplangan kreditlar va lizing summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit va lizing shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
15799 Ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi — Sud jarayonidagi kreditlar va lizing (kontr-aktiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: bank tomonidan undirib olinmaslik ehtimoli mavjud bo‘lgan, sud jarayonidagi kredit va lizing (shu jumladan overdraft va mohiyati bo‘yicha kreditlar bo‘lgan boshqa operatsiya)lar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash uchun yaratilgan zaxira hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida zaxiraning kamayish summasi va/yoki bekor qilingan summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida qayta tasniflanib ko‘rib chiqilayotgan kreditlar va lizing bo‘yicha ehtimoliy zararlarni qoplash uchun tashkil etilgan tegishli zaxira hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan mablag‘larning va/yoki zaxiraning o‘sish summalari aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qarzdor bo‘yicha kredit va lizing shartnomalariga qarab alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling