1. Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar


Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar


Download 1.01 Mb.
bet116/296
Sana20.11.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1789739
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   296
Bog'liq
1. Moliya Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar

15800 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga, birgalikdagi korxonalarga va sho‘ba xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar
15801 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Moliyaviy institutlar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lgan qaram xo‘jalik jamiyatlarining xususiy kapitaliga, shu jumladan ulushli qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiya qiymatining hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyaning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarini qo‘shgan holdagi summasi va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati hamda bankning qaram xo‘jalik jamiyati foydasidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining oshish summasi va investitsiya obyekti bilan o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini ko‘paytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi, shuningdek bankning qaram xo‘jalik jamiyati zararidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining kamayish va olinishi lozim bo‘lgan dividendlar summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini kamaytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob Moliyaviy institut hisoblangan har bir qaram xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.
15805 Qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan investitsiyalar — Boshqalar
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy institut bo‘lmagan qaram xo‘jalik jamiyatlarining xususiy kapitaliga, shu jumladan ulushli qimmatli qog‘ozlariga qilingan investitsiya qiymati hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida investitsiyaning, uni xarid qilish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni qo‘shgan holda summasi va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraq o‘tkazilgan qimmatli qog‘ozlar qiymati hamda bankning qaram xo‘jalik jamiyati foydasidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining oshish summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini ko‘paytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan investitsiya summasi, shuningdek bankning qaram xo‘jalik jamiyati zararidagi ulushini tan olish natijasida yuzaga kelgan investitsiyasining kamayish va olinishi lozim bo‘lgan dividendlar summasi summasi va investitsiya obyekti bo‘yicha o‘tkaziladigan qayta baholash bilan bog‘liq ravishda, uning xususiy kapital hisobvarag‘ini kamaytiradigan boshqa tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob moliyaviy institut bo‘lmagan har bir qaram xo‘jalik jamiyati bo‘yicha alohida hisobvaraqlarda yuritiladi.

Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling