1. Moliya / Pul tizimi. Hisob-kitoblar]


Download 27.04 Kb.
bet2/2
Sana23.06.2023
Hajmi27.04 Kb.
#1651586
1   2
Bog'liq
66 30.01.2018

qoidalari
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining “Valyutani tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq jismoniy shaxslar (O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari va norezidentlari) tomonidan O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasini va naqd chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va olib chiqib ketish tartibini belgilaydi.
(1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Ushbu Qoidalar diplomatik daxlsizlikka ega bo‘lgan shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotgan va olib chiqib ketilayotgan 70 000 000 (yetmish million) so‘m ekvivalentidan ortiq miqdordagi O‘zbekiston Respublikasining naqd valyutasi va (yoki) naqd chet el valyutasi (keyingi o‘rinlarda — naqd valyuta mablag‘lari) yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish va bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona nazoratidan o‘tkaziladi.
Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida olib kirilayotgan yoki olib chiqib ketilayotgan mablag‘larning jami summasi ko‘rsatiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Jismoniy shaxsning xohishiga ko‘ra ekvivalenti 70 000 000 (yetmish million) so‘mga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablag‘lari ham deklaratsiya qilinishi mumkin.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Naqd valyuta mablag‘larini olib kirish
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududiga bojxona nazorati qoidalariga rioya qilgan holda, naqd valyuta mablag‘larini olib kirish cheklanmagan miqdorda amalga oshiriladi.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
3-bob. Naqd valyuta mablag‘larini olib chiqib ketish
(3-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) so‘mga teng yoki undan oshmaydigan miqdordagi naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga bojxona nazorati qoidalariga rioya etilgan holda cheklovlarsiz olib chiqiladi.
Belgilangan summadan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishiga yo‘l qo‘yilmaydi, ushbu qoidalarning 6-bandida belgilangan holatlar bundan mustasno.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Jismoniy shaxslar tomonidan ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) so‘mdan ortiq miqdordagi naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketishga quyidagi holatlarda yo‘l qo‘yiladi:
rezidentlar tomonidan — xorijiy davlatlarga xizmat safariga ketayotgan Hukumat delegatsiyasi a’zolari uchun Vazirlar Mahkamasining farmoyishi asosida;
norezidentlar tomonidan — O‘zbekiston Respublikasiga kirish chog‘ida rasmiylashtirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi asosida deklaratsiya qilingan mablag‘lar doirasida, shuningdek, respublikada belgilangan tartibda tashkil qilingan xalqaro musobaqalar (tanlovlar, olimpiadalar) sovrindorlari yoki qatnashchilari tomonidan mablag‘larning qonuniyligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida.
Bunda norezident jismoniy shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga kirish chog‘ida to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilgan naqd valyuta mablag‘laridan respublika hududida qonunchilik hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiq foydalanilgan qoldiq miqdori doirasidagi naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi hududidan olib chiqishga yo‘l qo‘yiladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ekvivalenti 100 000 000 (yuz million) so‘mdan ortiq bo‘lgan naqd valyuta mablag‘larini olib chiqib ketish uchun asos bo‘lgan hujjatni boshqa shaxslarga berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Jismoniy shaxslar tomonidan naqd valyuta mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasidan tashqariga olib chiqib ketish uchun asos bo‘ladigan hujjatlardan bir marotaba foydalanishga yo‘l qo‘yiladi va ushbu hujjatlar kelgusida naqd valyuta mablag‘larini takroran olib chiqib ketish uchun asos hisoblanmaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-avgustdagi 472-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son — 2020-yil 1-sentabrdan kuchga kiradi)
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
8. Jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tayotganlarida naqd valyuta mablag‘larining haqqoniy va to‘g‘ri deklaratsiyalanganligi uchun qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
9. Jismoniy shaxs bojxona organlari xodimlarining xatti-harakatlari yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda shikoyat qilishlari mumkin.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-yanvardagi 66-son qaroriga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Respublikada naqd xorijiy valyutaning muomalada bo‘lishini tartibga solish chora-tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida” 1996-yil 31-oktabrdagi 376-son qarori.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlarini to‘liq yoki qisman o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash hamda ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1998-yil 16-apreldagi 161-son qaroriga 2-ilovaning 9-bandi.
3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Valyuta bozorini yanada erkinlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2001-yil 22-iyundagi 263-qaroriga ilovaning 1-bandi to‘rtinchi xatboshi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 6-son, 30-modda).
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegaralari orqali jismoniy shaxslar tomonidan naqd xorijiy valyutani olib kirish va olib chiqib ketish tartibiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida” 2009-yil 5-oktabrdagi 268-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2009-y., 41-son, 442-modda).
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-400-son hamda “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida” 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-401-son qonunlari)“ 2016-yil 20-iyundagi 211-son qaroriga 1-ilovaning 3-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 6-son, 59-modda).


(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.02.2018-y., 09/18/66/0635-son; 11.08.2020-y., 09/20/472/1155-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Download 27.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling