44 Valyuta bozori – bu......
A Xorijiy valyutaga nisbatan talab va taklif to‘qnash keladigan bozordir
B Xorijiy valyutaga nisbatan talab yuqori bo‘lgan bozordir
C Xorijiy valyutaga nisbatan taklif yuqori bo‘lgan bozordir
D Xorijiy valyutani sotadigan joydir
45 Devalvatsiya - bu.......
A Milliy valyuta kursining xorijiy mamlakatlar valyuta kursiga nisbatan ko‘tarilishi
B Milliy valyuta kursining barqarorligi
C Milliy valyutani hajmining beqarorligi
D Milliy valyuta kursining xorijiy mamlakatlar valyuta kursiga nisbatan pasayishi
46 A.Smit davlatning qanday xarajatlarini qisqartirish kerakligini ta’kidlaydi?
A Yaratilgan qiymatni unumsiz sarflaydigan va shu munosabat bilan ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishiga to‘siq bo‘luvchi xarajatlarini
B Ijtimoiy xarajatlarini
C Iqtisodiyotni tartibga soluvchi xarajatlarini
D Mudofaa xarajatlarini
47 J.S.Mill ishlab chiqqan “xizmatlarning soliq nazariyasi” mohiyati tog‘ri berilgan javobni ko‘rsating.
A Har bir shaxs davlatdan olinadigan qo‘llab-quvvatlashlar uchun o‘z daromadlarining bir qismini davlatga berishi kerak
B Har bir shaxs iqtisodiyotni boshqargani uchun o‘z daromadlarining bir qismini davlatga berishi kerak
C Har bir shaxs mudofaani ta’minlagani uchun o‘z daromadlarining bir qismini davlatga berishi kerak
D Har bir shaxs o‘z daromadlarining bir qismini davlatga ixtiyoriy berishi kerak
48 Ijtimoiy xususiyat kasb etmaydigan davlat maqsadli jamg‘armasi berilgan javobni aniqlang.
A Yo‘l jamg‘armasi
B Pensiya jamg‘armasi
C Bandlikni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi
D Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamg‘armasi
49 Pensiya jamg‘armasi qaysi vazirlik huzurida hisoblanadi?
A O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzurida
B O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida
C O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzurida
D O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida
50 Moliya qanday funksiyalarni bajaradi?
А Taqsimlash va nazorat
В Qayta taqsimlash va nazorat
С Taqsimlash va qayta taqsimlash
D Pul fondlarini shakllantirish va ularni taqsimlash
Do'stlaringiz bilan baham: |