Favqulodda foyda va zararlar quyidagi schyotlarda aks ettiriladi:
9710-«Favqulodda foyda»
9720-«Favqulodda zarar».
Ushbu schyotlar tranzit bo‘lib, 9710-schyot-passiv, 9720-schyot-aktiv xarakterga ega.
Yakuniy moliyaviy natija - bu korxonaning hisobot davrida jami faoliyat turlaridan olingan
daromadlari bilan jami faoliyat bo‘yicha ko‘rilgan zararlarining farqidir.
Yakuniy moliyaviy natija buxgalteriya hisobida 9900-«Yakuniy moliyaviy natija» schyotida hisobga
olib boriladi. Ushbu schyot tranzit bo‘lib, aktiv-passiv schyot xarakteriga ega. Schyotning debetida
zararlar, kreditida esa foyda aks ettiriladi. Ushbu schyotning debet va kredit oborotlarining farqi
korxonaning hisobot yilidagi moliyaviy natijasini, ya’ni soliq to‘langunga qadar bo‘lgan foydasini
aks ettiradi.
E’tiboringiz
uchun rahmat.
Do'stlaringiz bilan baham: |